Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya Isroilning mamlakatdagi ikki aeroportga zarba berganini ma’lum qildi
Suriya davlat matbuotiga ko‘ra, Isroil bir vaqtning o‘zida Suriyaning ikkita eng muhim aeroportiga hujum qilgan. Damashq va Halab havo bandargohlari uchish-qo‘nish yo‘laklariga jiddiy shikast yetgani sababli ishlamayapti.
Suriyaning ikki asosiy aeroporti – Damashq va Halabdagi havo bandargohlari Isroilning raketa hujumlari natijasida ishdan chiqdi, deb xabar berdi Suriyaning Sana davlat axborot agentligi 22 oktyabr, yakshanba kuni ertalab xavfsizlik manbalariga tayanib. Unga ko‘ra, aeroportning bir fuqarosi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.
«Uchish-qo‘nish yo‘laklariga jiddiy zarar yetkazilishi» har ikki xalqaro aeroportda ham parvozlarning to‘xtatilishiga olib keldi, deyiladi xabarda.
Sana’ning xavfsizlik xizmatlaridagi manbalariga ko‘ra, zarbalar bir vaqtning o‘zida mamlakat g‘arbidagi O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlaridan va Golan tepaliklaridan berilgan. Suriya transport vazirligi reyslar Latakiya aeroportiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi.
7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumidan keyin Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya poytaxti va shimoliy Halab shahri aeroportlariga bir vaqtning o‘zida ikkinchi marta hujum qildi. Damashqqa ko‘ra, birinchi zarbalar 12 oktyabr kuni amalga oshirilgan, o‘shanda ikkala aeroport ishi vaqtincha to‘xtatildi.
Isroil Suriyadagi obektlarga individual zarbalar berilgani haqida kamdan-kam izoh taqdim etadi, biroq Eronning mamlakatdagi ishtirokini kengaytirishga yo‘l qo‘ymasligini qayta-qayta bildirgan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026