O‘zbekiston | 15:06 / 25.10.2023
5949
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda "ICT Week Uzbekistan – 2023" haftaligi boshlandi

25 oktabr kuni Toshkent shahrida "ICT Week Uzbekistan – 2023" - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining rasman ochilish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Bir necha kun davom etadigan ICTWEEK'ning asosiy maqsadi — tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlarini namoyish etishdan iborat. Shuningdek, O‘zbekiston IT bozori haqida xorijiy investorlar uchun ma’lumotlar beriladi.

Tadbir Toshkent shahrining 3 ta asosiy nuqtalarida bo‘lib o‘tmoqda:

–       “CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan)” ko‘p funksiyali ko‘rgazma markazi;

–       Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT Park majmuasi;

–      Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi.

AKT haftaligining ilk kunida my.gov.uz saytining yangi versiyasi, MyID ekotizimi imkoniyatlari va boshqa loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, haftalik doirasida MNP tizimi, xorijiy hamkorlar bilan ishlagan bir qancha loyihalar taqdimoti nazarda tutilgan.

Mavzuga oid