Bugun, 24 sentabr kuni, «ICTWEEK Uzbekistan – 2019» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi. 24-27 sentabr kunlari Toşkent va Farğona şaharlarida ötkaziladigan uşbu tadbirda xalqaro AKT kompaniyalari iştiroki, körgazmalar taşkillaştiriş kutilyapti. Şuningdek, turli yönalişlarda tanlovlar ham ötkaziladi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri birinçi örinbosari Olimjon Umarov bu haqida batafsil axborot berdi.

«ICTWEEK haftaligi doirasida bir qator tadbirlar ötkaziladi. Jumladan, DIGITAL UZBEKISTAN forumi, «Innovatsion texnologiyalar va ŞHTning innovatsion rivojlanişi» forumi, «Softline Cybersecurity Day» konferensiyasi, ACER matbuot anjumani hamda boşqalar. Ular orasidan «Mgov Award» konferensiyasi – eng yaxşi mobil ilovalarni yaratiş tanlovini alohida aytib ötiş kerak. Özbekistonda birinçi marta BAA hamkorligida davlat mobil ilovalarini işlab çiqiş böyiça dasturçilar örtasida bellaşuv ötkaziladi. Tanlovning maqsadi – yoşlarning IT sohasidagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşdir. Ğoliblarni faqat taqdirlaş bilan kifoyalanmaymiz, balki ularning işlanmalarini davlat taşkilotlariga realizatsiya qiliş çoralari ham köriladi. Mobil ilovalar soğliqni saqlaş, ta'lim, turizm, tadbirkorlik, transport va logistika yönalişlarini qamrab oladi. Musobaqaga 26 sentabr kuni «Özekspomarkaz» MKMda rasmiy start beriladi», deya Olimjon Umarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Umarovning sözlariga köra, tanlovning mukofot jamğarmasi 170 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Birinçi örin 100 ming, ikkinçi örin 50 ming, uçinçi örin 20 ming AQŞ dollari bilan mukofotlanadi.