2025 yil 24 sentabr kuni ICTWEEK Uzbekistan 2025ʼning ikkinçi kunida Özbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi va "IT ta’lim assotsiatsiyasi" nodavlat notijorat taşkilotining taşkiliy kömagida CAEx körgazma markazida "Huawei Digital Economy Forum 2025" tadbiri bölib ötdi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt tadqiqotlar markazi, Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazi, UZTELECOM, Uzum, IT Park Uzbekistan, TATU, Hisoblaş böyiça konsorsium (Global Computing Consortium) va Huawei kompaniyasi vakillari nutq sözlaşdi.

Bir qator tematik sessiyalar doirasida jadal rivojlaniş davrida iqtisodiyot tarmoqlarini raqamli özgartiriş va sun’iy intellektni qöllaş ssenariylarini izlaş kabi dolzarb masalalar körib çiqildi, şuningdek, yangi taşabbuslar va hamkorliklarni ilgari suriş uçun hamkorlik muhiti yaratildi. Forum moderatori Huawei kompaniyasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi AKT strategiyasi va marketingi böyiça vitse-prezidenti doktor Moxamed Madkur böldi. Özining kiriş nutqida u "Raqamli iqtisodiyot böyiça forum — bu davlat tuzilmalari vakillarini, yetakçi xalqaro ekspertlarni, mahalliy innovaatorlarni va raqamli bozorning asosiy iştirokçilarini birlaştiradigan noyob platforma. Bugun amaliy tajriba va ğoyalar bilan bölişiş uçun kelajakni şakllantiradiganlar şu yerga yiğilişgan. Ayni şunday uçraşuvlar hamkorlikning yangi ufqlarini oçib, Özbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantiriş böyiça ulkan maqsadlarga erişiş uçun kuçli turtki bölmoqda", - deb ta’kidladi.

Huawei kompaniyasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi AKT yeçimlarining katta arxitektori Dmitriy Konarev sun’iy intellektning amaliy qöllanişi va raqamli iqtisodiyot rivojiga ta’siri haqida taqdimot qildi.
Panel sessiyasida Özbekistonning raqamli iqtisodiyotni tartibga soliş bazasi nuqtai nazaridan quriş va mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratiş, aloqa operatorlari va davlat sektorining AKT infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va telekom sektorda innovatsiyalarini joriy etişga qöşgan hissasi, mamlakatning xalqaro hamkorlik va global tajribani örganişga oçiqligi, şuningdek, mahalliy kompaniyalarni taşqi bozorlarga çiqişda qöllab-quvvatlaş uçun platformalar yaratiş borasida salmoqli yutuqlari qayd etildi.










