Jamiyat | 12:25 / 02.09.2018
4767
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Jizzaxda ICTWEEK Uzbekistan-2018 haftaligi o‘tkaziladi

Joriy yilning 24-29 sentabr kunlari Toshkent va Jizzaxda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – ICTWEEK Uzbekistan-2018 tadbiri o‘tkaziladi.

Jumladan, Toshkent shahrida matbuot anjumani, ICTEXPO-2018 – axborot texnologiyalari yillik ko‘rgazmasi, DIGITAL UZBEKISTAN forumi, shuningdek, boshqa ko‘plab taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. Jizzax shahrida esa matbuot brifingi, “Bolalar uchun axborot texnologiyalari” aksiyasi, mintaqaviy ICTEXPO 2018 ko‘rgazmasi va 27 sentabr kuni “Jizzax viloyati: Investitsiyalar. Innovatsiyalar. Axborotlashtirish” 3i mintavaqiy forumi bo‘lib o‘tadi.

ICTEXPO-2018 da axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. Ushbu ko‘rgazmada IT-sohasidagi so‘nggi tendensiyalarga ixtisoslashgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar: uyali aloqa kompaniyalari, vendorlar, dasturiy ta'minot, tizim integratorlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va boshqalar ishtirok etadi.

ICTWEEK haftaligi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sanoatini yanada takomillashtirishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga va ushbu sohaga sarmoyalarni jalb qilishga xizmat qiladi. Bu yildan boshlab Forum va ko‘rgazmaga kirish uchun www.ictweek.uz rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish va QR kodini olish zarur, bu ishtirokchilar va tashrif qiluvchilarning vaqtni tejash yoki tadbir kuni ro‘yxatga olish joylaridan birida ro‘yxatdan o‘tishni ta'minlaydi.

Jurnalistlar uchun aloqalar:
Ismailova Zuhra
+99899 847 99 90
[email protected]

Tadbir tashkilotchilari:
ICTNEWS Conferences 
+99895 144 04 40
+99895 142 44 42
[email protected]
www.ictweek.uz

Jizzax shahri Mintaqaviy ko‘rgazmada ishtirok etishdagi savollar bo‘yicha:
O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi
Aloqalar:
+998 93 383 99 79

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid