Vakillar palatasi spikeri saylovi: uchinchi nomzod kurashdan chiqdi
Respublikachilardan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimiga to‘rtinchi nomzod Mayk Jonson bo‘ldi.
Respublikachilar AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimiga yana bir nomzod – kongressmen Mayk Jonsonni (Luiziana shtatidan) ilgari surdi. Bu haqda uning hamkasbi Eliz Stefanik X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Jonson nomzodi 24 oktyabr, seshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan yopiq ovoz berishdan so‘ng ilgari surildi. Avvalroq, kongressmen Tom Emmer (Minnesota shtatidan) partiya o‘ta o‘ng qanotining uni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bosimi natijasida nomzodi e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib Vakillar palatasi spikeri uchun kurashdan chiqib ketgani xabar qilingandi. AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ham Emmerning nomzodiga qarshi chiqdi.
Vakillar palatasi 3 oktyabr kuni spikerlikdan chetlashtirilgan Kevin Makkarti o‘rniga uch haftadan beri nomzod topa olmayapti. Emmerdan tashqari, kongressmenlar Stiv Skaliz va Jim Jordan bu lavozimni respublikachilardan egallashga harakat qildi, biroq ikkalasi ham partiyadoshlarining yetarlicha ko‘magini qo‘lga kirita olmadi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024