Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi
Abat Fayzullayev 2018-2023 yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonaga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov o‘rniga tayinlandi.

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Italiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev Rimga yetib bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Abat Fayzullayev 2020-2023 yillarda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi bo‘lib ishlagan, shuningdek, Vengriyadagi diplomatik missiyani o‘rindoshlik asosida boshqargan. Bir vaqtning o‘zida, O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Venadagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan.
Diplomat 40 yoshda. U O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan, tashqi ishlar vaziri yordamchisi – kotibiyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Abat Fayzullayev 2018-2023 yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonaga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov o‘rniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
-
Shvetsiyada farzandlari tishini yaxshi tozalamagani uchun ota-ona 8 oyga qamaldi
Jahon | 22:32 / 06.06.2025
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12 / 06.06.2025
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08 / 06.06.2025
Mavzuga oid

20:32 / 06.06.2025
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

20:29 / 02.06.2025
Italiyadagi Etna vulqoni yana otilishni boshladi

09:48 / 02.06.2025
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi

20:50 / 30.05.2025