Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yevrokomissiya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha moliyaviy bitimni imzoladi
O‘zbekiston TIV rahbari va Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari qishloq xo‘jaligida loyiha amalga oshirish bo‘yicha Moliyaviy bitimni imzoladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bryussel shahrida Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis bilan uchrashdi.
«Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis janoblari bilan uchrashdik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning keng kun tartibi ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdoni yanada rivojlantirish, Yevropa bozoriga eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash, muhim xomashyolar bo‘yicha hamkorlik qilish muhokama asosiy mavzularidan bo‘lgan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida loyiha amalga oshirish bo‘yicha moliyaviy bitim imzolandi.
Mavzuga oid
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026