Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘zining asosiy atom bombasini modernizatsiya qiladi
Pentagon mamlakatning asosiy VB61 yadro bombasini VB61-13 variantiga yangilamoqda.
AQSh Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘zining asosiy V61 atom bombasini modernizatsiya qilmoqchi. Bunda yadro qurollarining umumiy soni oshirilmasligi ta’kidlanmoqda.
VB61 atom bombasi modernizatsiya dasturi Kongress tomonidan ma’qullanishi va zarur mablag‘ ajratilishi bilan VB61-13 variantiga yangilanadi.
Yangilangan versiya B61-7 zaxirasining bir qismini almashtiradi. Shuningdek, u B61-12 versiyasining eng zamonaviy modifikatsiyasiga xos bo‘lgan yuqori xavfsizlik va aniqlik ko‘rsatkichlariga ega.
Pentagonning aniqlik kiritishicha, bombani yanada modernizatsiya qilish qarori qandaydir ayrim xalqaro voqealarga munosabat sifatida qabul qilinmasligi kerak. Biroq, bu rejalar «dunyodagi xavfsizlik bilan bog‘liq o‘zgaruvchan vaziyatni baholanishini aks ettiradi».
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026