O‘zbekiston | 16:53 / 30.10.2023
6329
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqqa olib boruvchi avtomobil yo‘lidagi ko‘prik 25 kunga qisman yopildi

Hozirda shu sababli dam olish kunlarining ayrim vaqtlarida Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Foto: Dunyo

Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 32-kilometrida (Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlari chegarasida) joylashgan ko‘prikning Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishidagi qismi 25 kun muddatga yopildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan mazkur yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Toshkent-Chorbog‘ yo‘nalishdagi qismida esa qarama-qarshi harakat tashkil etiladi.

Hozirda shu sababli ham dam olish kunlarining ayrim vaqtlarida Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Haydovchilardan vaziyatdan kelib chiqib harakatlanish, shuningdek, YPX inspektorlari va yo‘l belgi talablariga bo‘ysunish so‘ralgan.

Mavzuga oid