Time: Kiyevda frontdagi muammolar tufayli iste’folar tayyorlanmoqda
Time prezident va uning jamoasi a’zolari bilan suhbatlar asosida Zelenskiy atrofidagi kayfiyatni batafsil bayon qildi.
Qishda frontdagi og‘ir vaziyat tufayli Ukraina rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin, deb yozadi haftalik Time jurnali 30 oktyabr, dushanba kuni prezident Volodimir Zelenskiyga yaqin manbalarga tayanib.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, vazirlardan biri va yuqori martabali generallardan biri o‘z lavozimlaridan chetlashtiriladi va qarshi hujum paytida «frontdagi sekin siljish» uchun javobgar bo‘ladi.
Time nashrining keng ko‘lamli materiallari Zelenskiyning o‘zi, uning jamoasi a’zolari, shuningdek, Ukraina prezidentiga yaqin anonim manbalar bilan suhbatlarga asoslangan. Maqolaning muhim qismi Ukrainadagi urushdan ba’zi ittifoqchilarning «charchagani»ga bag‘ishlangan.
«Eng yomoni shundaki, dunyoning bir qismi Ukrainadagi urushga o‘rganib qolgan, - deb tan oldi prezidentning o‘zi Time nashriga. - Urush charchoqlari to‘lqin kabi keladi. Siz buni AQShda, Yevropada ko‘ryapsiz. Biz buni shunday ko‘ryapmiz. Ular biroz charchagan zahoti, ular uchun hamma narsa tugaydi. Bu shouga o‘xshaydi: «Men buni o‘ninchi marta ko‘ra olmayman».
Zelenskiy muzokaralar ehtimolini rad etyapti
Time ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazish imkoniyatini rad qilishda davom etmoqda va har qanday murosa faqat «bu yarani kelajak avlodlar uchun ochiq qoldirishini» aytmoqda. «Balki bu mamlakat ichida yoki undan tashqarida kimnidir tinchlantirishi mumkin. Masalan, hamma narsani har qanday narx evaziga qisqartirishni xohlaydiganlarni. Lekin men uchun bu muammo, chunki biz bu portlovchi kuch bilan qolamiz. Biz faqat portlashni kechiktiramiz», - dedi Zelenskiy Time nashriga bergan intervyusida.
Time'ning prezident jamoasidan suhbatdoshi, u Ukrainaning to‘liq g‘alabasiga qat’iy ishonishini va shu bilan «o‘zini aldayotganini» ta’kidladi. «Bizda hech qanday variant yo‘q. Biz g‘alaba qozonmayapmiz. Lekin buni unga aytishga harakat qilishning foydasi yo‘q», - deya uning so‘zlarini keltiradi nashr.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, agar Rossiya Ukrainada to‘xtatilmasa, urush mamlakat chegaralaridan tashqariga ham tarqaladi. «Uchinchi jahon urushi Ukrainada boshlanib, Isroilda davom etishi, u yerdan Osiyoga ko‘chib o‘tishi va keyin boshqa joyda portlashi mumkin», dedi Zelenskiy Time nashriga.
Korrupsiya - Ukrainadagi asosiy muammolardan biri
Ukraina infratuzilmasini qishki sovuqqa tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan uch yuqori martabali amaldor Time nashriga kelgusi qishda elektr ta’minotidagi uzilishlar yanada jiddiyroq bo‘lishi mumkinligini aytdi. «O‘tgan yili odamlar rossiyaliklarni aybladi. Bu safar ular bizni yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmaganimiz uchun ayblaydi», - deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.
Time korrupsiyani Ukrainadagi urushga ta’sir qiladigan yana bir jiddiy muammo deb atadi. Zelenskiyning Vashingtonga tashrifi arafasida Oq uy Kiyev amalga oshirishi kerak bo‘lgan korrupsiyaga qarshi islohotlar ro‘yxatini tayyorladi. «Bu takliflar emas edi. Bu shartlar edi», dedi Zelenskiyning maslahatchisi.
Vashington xavotirlarini yo‘qotish uchun Ukraina prezidenti bir qancha radikal choralar ko‘rdi, jumladan, mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovni o‘z idorasidagi korrupsiya tufayli ishdan bo‘shatdi. Mamlakat rahbariyatining bosimiga qaramay, korrupsiya bilan kurashda muvaffaqiyatga erishilmayapti, deb yozadi Time. Zelenskiyning yuqori martabali maslahatchisi nashr bilan suhbatda «odamlar xuddi ertangi kun kelmaydigandek o‘g‘irlayapti», degan.
Mavzuga oid
21:58
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
21:03
Uchinchi jahon urushidan qo‘rqqan podkaster Jo Rogan Zelenskiyni so‘kdi. Unga Klichko va boshqa ukrainlar javob qaytardi
17:32
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
16:11