Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 2-3 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.
Tadbirlar yakunida qator qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston raislik qilmoqda. Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 100 dan ortiq muhim tadbir o‘tkazildi.
Tashkilotga O‘zbekiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya a’zo, Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchilardir.
Mavzuga oid
20:25
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
00:26 / 08.06.2026