O‘zbekiston | 11:30 / 04.11.2023
16767
1 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vaziriga ikki nafar birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Bahodir Ahmedov va Avaz Tojixonov birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Yusuf Usmonov vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston madaniyat vaziriga ikki nafar birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 27 sentabrdagi qaroriga muvofiq Bahodir Ahmedov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 30 oktyabrdagi qaroriga asosan Avaz Tojixonov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Adliya vazirligi «Konvension markaz majmuasi direksiyasi» DUK direktori lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 27 sentabrdagi qaroriga muvofiq Yusuf Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi bosh inspektori bo‘lgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid