Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining besh oylik ish haqi undirib berildi
Rossiyada besh oydan beri ish haqini ololmay kelayotgan mehnat migrantlarining ish haqi undirib berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Rossiyaning Samara viloyatida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari Migratsiya agentligining mazkur hududdagi vakiliga hujjatlari va oylik ish haqini undirish masalasida murojaat qilgan.
Ushbu fuqarolar Samara viloyati Krasnoyarsk tumanidagi issiqxonalarda ish beruvchi bilan shartnoma tuzmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirgan. Ish beruvchi bundan foydalanib, besh oydan buyon 891 ming 812 rubl (9,6 ming dollar) miqdoridagi ish haqini to‘lamasdan ishlatgan.
Vakillik xodimlari tomonidan ish beruvchi bilan aloqa o‘rnatilgan va fuqaro arizasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada fuqarolarning ish haqi va hujjatlari to‘liq qaytarilgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025