Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobel mukofoti sovrindori eronlik Nargis Muhammadiy qamoqxonada ochlik e’lon qildi
Uning ahvoli yomonlashgani, ammo qamoqxonadan shifoxonaga o‘tkazish rad etilgani aytilmoqda.
Qamoqdagi eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadiy o‘zi va boshqa mahbuslarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi taqiqlangani, shuningdek, ro‘mol o‘rash majburiyatiga norozilik sifatida ochlik e’lon qildi. Bu haqda Associated Press uning oilasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Eron hukumati Muhammadiyni qamoqxonadan shifoxonaga o‘tkazishga ruxsat bermagan. Uning eri so‘zlariga ko‘ra, qamoqxona ma’murlari Muhammadiyni ko‘rikdan o‘tkazgan va ahvoli yomonlashganini qayd qilgan shifokorning ko‘rsatmasini e’tiborsiz qoldirgan.
6 oktyabr kuni Muhammadiy «Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashgani, inson huquqlari va erkinliklarini targ‘ib qilgani uchun» tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Nargis Muhammadiy Erondagi Inson huquqlari himoyachilari markazi vitse-prezidenti.
2016 yilda u so‘z va yig‘ilishlar erkinligi huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq ayblovlar tufayli 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 2020 yil oktyabr oyida qamoqdan ozod qilindi.
2021 yilda Eron hukumati uni «davlatga qarshi tashviqot» uchun 2,5 yillik qamoq va 80 darra urishga hukm qilgan edi.
Muhammadiyning turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi 2012 yildan beri Fransiyada istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026