Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tatariston rahbari Rustam Minnixonov Nukusga keldi
Tatariston delegatsiyasi Qoraqalpog‘istondagi qator zavodlarga tashrif buyuradi hamda qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.
Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
Delegatsiyani Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi boshlig‘i Amanbay O‘rinboyev kutib oldi.
Rustam Minnixonov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi bugun, 7 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonga xizmat safari bilan keldi.
Delegatsiyani Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi boshlig‘i Amanbay O‘rinboyev kutib oldi.
7 noyabr kuni Tatariston delegatsiyasi Qoraqalpog‘istondagi qator zavodlarga tashrif buyuradi hamda Qoraqalpog‘iston rahbarlari bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.
Shu yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixonov bilan uchrashgandi.
Uchrashuvda davlat rahbari Tatariston rahbari bilan muhim yo‘nalishlarda hamkorlikning qo‘shma «yo‘l xaritalari»ni amalga oshirishga kelishib oldi.
Rustam Minnixonovning hozirgi tashrifi yuqorida qayd etilgan «yo‘l xaritalari»da kelishilgan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 13.12.2025
Qoraqalpog‘istonda 5 km chuqur quduqdan sanoat miqyosida gaz chiqdi
13:00 / 11.12.2025
Qoraqalpoq o‘tovi YuNeSKO nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
17:45 / 10.12.2025
Saida Mirziyoyeva qo‘biz va o‘tovning YuNeSKO madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini olqishladi
12:42 / 27.11.2025