Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilga borib O‘zbekiston aholisi 40 millionga yetadi – Senat
Senatdagi seminarda aholining sezilarli darajada yuqori o‘sish sur’atlari O‘zbekiston uchun “ichki xavf” deb ataldi.
So‘nggi 30 yil ichida O‘zbekiston aholisi soni 15 millionga ko‘payib, 36 milliondan oshdi. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib, O‘zbekiston aholisi 40 million kishiga yetadi va bu Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Bu haqda Senatda bo‘lib o‘tgan «Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish» mavzusidagi seminarda so‘z yuritildi. Qayd qilinishicha, “O‘zbekiston uchun ichki xavflar asosan aholining sezilarli darajada yuqori o‘sish sur’atlaridan kelib chiqadi”.
Seminarda o‘smir qizlar, homilador va emizikli ayollar hamda keksalarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji qay darajada qondirilayotgani, qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning o‘rtacha unumdorligi, mahsulot yetishtiruvchilar daromadini ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani bo‘yicha vazirlik va idoralarning ma’ruzalari tinglandi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini oshiradigan barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimlarini va usullarini joriy etish, sohada salohiyatni oshirish, ilmiy-tadqiqotlar va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali investitsiya kiritishni ko‘paytirish borasida ko‘rilayotgan choralarga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, salbiy oqibatlarga oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar, jumladan, hosildorlikning pasayishi, suv tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi, kasallanishning oshishi va boshqalar kiradi.
Suv resurslarining kamayishi, shu jumladan, iqlim o‘zgarishi suv resurslarini boshqarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va qo‘shimcha suv manbalarini topish bo‘yicha faol choralarni talab qiladi. Yerlarning degradatsiyasi va cho‘llanish tendensiyalari qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi va ekologik barqarorlikka salbiy ta’sir qiladi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026