G‘azoda qurbon bo‘lganlarning 73 foizi ayollar va bolalar - Erdo‘g‘an
“Agar bugun biz, jumladan, musulmonlar sifatida ovozimizni baland ko‘tarmasak, yana qachon ko‘taramiz?» – dedi Turkiya prezidenti. U Turkiya tomonidan falastinliklarga 10 ta samolyotda insonparvarlik yordamlari yetkazib berilganini ta’kidladi.

Foto: O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toshkentda o‘tgan 16-sammitidagi nutqida Isroil-HAMAS urushiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Ayni damda blokadadagi G‘azo sektorida 11 mingga yaqin falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, dunyo esa sukut saqlamoqda. Isroil hukumati barcha insoniy qadriyatlarni mensimay, maktablar, masjidlar, cherkovlar, shifoxonalar va universitetlarni bombardimon qilishda davom etmoqda. Isroil tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan G‘azo sektorining 11 mingga yaqin aholisining 73 foizi – ayollar va bolalardir”, – dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiya Misr ko‘magida shu paytgacha El-Arish aeroportiga 10 ta samolyotda hajmi 230 tonnadan ortiq bo‘lgan humanitar yordam yuborganini bildirdi.
“500 million aholiga ega, umumiy daromadi 1,5 trillion dollarga teng bo‘lgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, shubhasiz, muhim o‘rinni egallaydi. Agar bugun biz, jumladan, musulmonlar sifatida ovozimizni baland ko‘tarmasak, qachon yana baland ko‘taramiz?” – deya Turkiya yetakchisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham G‘azo sektorida davom etayotgan urushga to‘xtalib, qonli nizo oqibatida avvalo tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar ko‘plab qurbon bo‘layotganidan tashvish bildirdi. O‘zbekiston Falastin xalqining mustaqil davlat barpo etish huquqini qo‘llab-quvvatlashi yana bir bor ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi
O‘zbekiston | 09:48
-
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda
Jahon | 09:30
-
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi
O‘zbekiston | 09:10
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

08:15
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi

20:11 / 31.05.2025
Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirmoqda

14:14 / 31.05.2025
Isroil G‘azo shimolidan falastinliklarni majburan ko‘chirishni boshladi

16:07 / 30.05.2025