Sport | 12:15 / 09.11.2023
33730
18 daqiqa o‘qiladi

Kopenhagenda drama, «Real»da rekord. Kun o‘yinlari

Yana to‘rt jamoa guruh masalasini hal qildi. Chempionlar ligasida chorshanba oqshomida o‘tkazilgan 4-tur uchrashuvlari, o‘yinlardagi gollar va guruhlardagi vaziyat.

Foto: Petter Arvidson/Keystone Press Agency/Global Look Press

A guruhi

Hoylundning rekordlari — kafolat emas

 

«Kopenhagen» — «Manchester Yunayted» 4:3
Gollar:
Elyunussi (45), Gonsalvesh (45+9, penalti), Lerager (83), Barji (88) — Hoylund (3, 28), Fernandesh (69, penalti). 
Kopenhagen – Grabara, Ankersen (Sorensen, 70), Vavro (Boylesen, 78), Diks, Yyelert, Falk, Lerager, Gonsalvesh (Ouskarsson, 70), Elyunussi (Barji, 63), Klasson, Ashuri (Larsson, 78).
Manchester Yunayted – Onana, Uan-Bissaka, Evans (Varan, 16), Maguayr, Dalot, Eriksen (Amrabat, 46), Fernandesh, Maktominey, Garnacho, Reshford, Hoylund (Maunt, 84).
Ogohlantirishlar: Vavro (45), Maguayr (90+2).
Chetlatish: Reshford (42).

«Old Trafford»da kechgan avvalgi tur o‘yinida «MYu» qiynalib natijaga erishgandi, Kopenhagenda esa avvaliga barchasi ko‘ngildagidek boshlandi. Van-Bissaka va Maktominay ishtirokidagi kombinatsiya nozik harakatlar bilan amalga oshirdi, yakunda esa Hoylund o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharga qaytishini gol bilan nishonladi. Keyin esa daniyalik to‘purar Garnachoning zarbasini darvozabon qaytarganida to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llab, dublni rasmiylashtirdi. U bu orqali ukasi Emilga javob qaytardi, UYeFA Yoshlar ligasi o‘yinida kichik Hoylund «MYu» darvozasini ishg‘ol qilgandi.

E’tiborli jihati, katta Hoylund faqat Chempionlar ligasida gol urmoqda va turnirning eng yaxshi to‘purarlari reytingida Morata (5) bilan tenglashib oldi. Bundan tashqari, u to‘rt o‘yinda «MYu»ning ikki afsonasi — Bobbi Charlton va Jordj Bestning natijalarini takrorladi, ular ham 21 yoshga chiqqunicha asosiy yevrokubokda beshtadan gol urishga ulgurgandi. Ammo barcha bu ajoyib statistika bilan andarmon bo‘lib turganida, o‘yin o‘zgara boshladi. Gap Evans 16-daqiqadayoq jarohat olib, o‘rnini Varanga bo‘shatib berganida emas. Bo‘lim oxirlarida himoyaga yordamga kelgan Reshford o‘zi istamagan holda xavfli harakat qilib, raqibning oyog‘ini bosib oldi va maydondan chetlatildi.

Shundan keyin darhol jarima zarbasi belgilandi va to‘p Brunu Fernandeshning boshidan darvoza to‘siniga bordi. Bu vaziyatda «MYu»ning omadi keldi, ammo «Kopenhagen» tanaffusgacha baribir ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqardi. Bunda hakam tomonidan 13 daqiqa (!) qo‘shib berilgani yordam berdi. Bo‘lim davomida pauzalar yetarlicha bo‘lgandi, qolaversa, Falastinni qo‘llab-quvvatlagan muxlis maydonga yugurib chiqishi kuzatildi.

Hisob tenglashgach muxlislar ikkinchi bo‘limda ham shiddatli o‘yinga guvoh bo‘lishdi, bo‘lim davomida «MYu» yana hisobda oldinga chiqib oldi, Fernandesh penaltini aniq ijro etdi va jamoa layv rejimida ikkinchi o‘ringa ham ko‘tarildi, ammo 83-daqiqagacha hisobda oldinda borgan jamoa yana ikki gol o‘tkazib, yakunda to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Jamoa halokatga yaqinlashmoqda, endi Erik ten Hag shogirdlari «Galatasaroy»ni Istanbulda mag‘lub etishi talab etiladi.

«Bavariya» — «Galatasaroy» 2:1
Gollar:
Keyn (80, 86) — Bakambu (90+3). 
«Bavariya» – Noyyer, Mazraui, Upamekano (Laymer, 72), Kim, Devis, Goretska, Kimmix, Koman (Gnabri, 87), Sane (Tel, 72), Musiala (Myuller, 40), Keyn.
«Galatasaroy» – Muslera, Boe, Bardakchi, Sanches, Anxelinio (Nelsson, 78), Oyxon (Oliveyra, 69), Ziyosh (Yilmaz, 58), Torreyra, Zaa (Bakambu, 79), Oqturko‘g‘li, Ikardi (Tete, 69).
Ogohlantirishlar: Devis (19), Bardakchi (34), Bakambu (90+6).

Shunday hissiyot borki, bu mavsumda Tomas Tuxelning asab tizimi zarba ostida turibdi. Sababi — ko‘p sonli jarohatlar, bu safar Musiala yo‘q joydan muammoga uchradi. Bunday shikastlanishlar odatda xavfli bo‘ladi va havbek ham darhol o‘zini almashtirishni so‘radi. Bundan tashqari, «Bavariya» yaqqol ustunlik ko‘rsatganiga qaramay, to‘p «Galatasaroy» darvozasiga kirishni istamasdi.

Goh Muslera, goh darvoza ustuni yoki to‘sini qutqarardi. Keyn nihoyat to‘pni darvozaga kiritganida esa laynsmen bayroqchasini ko‘tardi. Myunxenliklar baxtiga VAR xatoni to‘g‘irladi, Kimmih jarima zarbasini ijro etganida Keyn boshqa jamoadoshlaridan farqli o‘laroq to‘g‘ri holatda turgani ma’lum bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Harri dublni rasmiylashtirdi va «Bavariya» muddatidan oldin guruh masalasini hal qilishini ta’minladi.

29 noyabr. «Galatasaroy» — «Manchester Yunayted», «Bavariya» — «Kopenhagen».

S guruhi

Mukammal Madrid

«Real» — «Braga» 3:0
Gollar:
Dias (27), Vinisius (58), Rodrigo (61). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Jalo (6). 
«Real» – Lunin, Nacho, Ryudiger, Mendi (Garsiya, 84), Kroos, Valverde (Pas, 77), Dias (Modrich, 74), Kamavinga, Vaskes (Karvaxal, 74), Vinisius, Rodrigo (Xoselu, 77).
«Braga» – Mateus, Gomes (Mendes, 62), Fonte, Niakate, Borxa, Moutino, Karvalo, Salasar (Al Musrati, 62), Bruma (A.Orta, 77), R.Orta (Ruis, 62), Jalo (Banza, 77).
Ogohlantirish: Vaskes (4).

Tarkibda rotatsiya qilgan «Real» debyutda sovuq dush qabul qilishiga bir baxya qoldi. Ammo Vaskesning folidan keyin belgilangan penaltini Lunin bartaraf etdi. O‘yin oldidan jarohatlangan Kepani almashtirgan zaxira darvozaboni — 11 metrlik zarbalarni qaytarish bo‘yicha mutaxassis sanaladi. Klublar darajasida unga raqiblar 14 urinishdan faqat 7 tasini golga aylantira olgan. Asli himoyachi bo‘lmagan Vaskes bo‘lim o‘rtalarida o‘z darvozasi tomon yana bir penalti keltirishi mumkin edi, u jarima maydoni ichida to‘pni Brumaga qarata tepdi va u bilan to‘qnashdi, ammo hakam bu epizodda fol qayd etmadi.

Madridliklarda bu o‘yinda birinchi skripkachi rolini Braim Dias bajardi, 4-4-2 sxemasida u kichik jarohati tufayli zaxirada qoldirilgan Bellinghemning pozitsiyasini egalladi. Uning birinchi goli hujum vaqtidagi fol tufayli bekor qilindi. Rodrigoning ajoyib pasidan keyin urilgan ikkinchi goliga e’tiroz bo‘lishi mumkin emasdi va yarimhimoyachi golni hakamlarning VAR qarori bo‘yicha jyestini takrorlagan holda nishonladi. Nazariy jihatdan bu harakati uchun Dias ogohlantirilishi ham mumkin edi, ammo referi bunda ortiqcha hurmatsizlik ko‘rmadi va u haq edi. Bunday original lahzalar futbolni faqat bezashi mumkin, xuddi hisobdagi farqni oshirgan Vinisius Juniorning finti kabi.

Ko‘p o‘tmay shu kunlarda shartnomasini yangilagan Kamavinga o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinida pressing qilib to‘pni olib qo‘ydi. U va Kroos Vinisius va Rodrigoning jarima maydoniga kirib borishi bilan yakunlangan hujumni boshlab berishdi, ularning ikkinchisi to‘pni nozik harakat bilan darvozabon ustidan oshirib tashladi.

Hisob 3:0 ko‘rinishiga kelganidan keyin o‘yinni to‘xtatsa ham bo‘lardi. «Real» barchasini nazorat qildi, Anchelotti esa yosh argentinalik Pasga YeChLda debyut qilish imkonini berdi. Jamoaning turkiyalik yangi futbolchisi Guler esa hamon zaxira o‘rindig‘ida o‘z debyutini kutmoqda. «Qaymoqranglilar» vazifani xotirjamlik bilan uddalashdi: hatto Bellinghemsiz ham yirik hisobda g‘alabaga erishishdi. «Real» zarbalar soni bo‘yicha «Braga»dan ikki barobar ustunlikka erishdi – 18:9 (darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar bo‘yicha – 7:4, jarima maydoni ichidan yo‘llangan zarbalar bo‘yicha – 14:4).

Madridliklar 32-bor guruh bosqichidan chiqdi (ikki guruh bosqichi o‘tkazilgan turnirlar qo‘shib hisoblanganda) va hamisha pley-offga chiqqan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda.

«Napoli» — «Union» Berlin 1:1
Gollar:
Politano (39) — Fofana (52). 
«Napoli» – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Natan, Ruy (Olivera, 77), Lobotka (Simeone, 77), Zelinski (Kayuste, 90+1), Zambo-Angissa, Politano (Lindstrom, 87), Kvaratsxeliya, Raspadori.
«Union» – Rennov, Yuranovich (Trimmel, 64), Bonuchchi, Yyekkel, Leyte, Russiyon (Gozens, 80), Xedira (Tuzar, 70), Haberer (Aaronson, 79), Laiduni (Kral, 70), Bekker, Fofana.
Ogohlantirishlar: Bonuchchi (41), Yyekkel (66), Tuzar (75), Simeone (90)

Qatorasiga 12 uchrashuvda yutqazgan «Union» Neapolda bu noxush seriyaga barham berdi. Jamoa Chempionlar ligasidagi ilk g‘alabasiga erisha olmadi, lekin o‘yindagi voqealardan kelib chiqilsa, safardagi durang ham nemislar uchun yomon natija bo‘lmadi.

«Napoli» birinchi bo‘limda yaqqol ustunlik qildi. Avvaliga Natanning bosh bilan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. Keyin VAR Zambo-Angissaning golini bekor qildi, videotakrorda unga to‘p uzatgan Di Lorenso raqibning yelkasiga tayanib sakragani ma’lum bo‘ldi. Va faqat bo‘lim oxirlariga borib omad qushi mezbonlar boshiga ham qo‘nishga qaror qildi va qanotdan uzatilgan to‘p Politanoga tegib darvoza to‘riga borib tushdi.

Ammo tanaffus arafasida «Union» jonlana boshladi. Yuranovichning jarima nuqtasidan yo‘llagan zarbasi ustunga tegdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kvaratsxeliya va Zelinski ishtirokidagi hujumni qaytargan berlinliklar ko‘p o‘tmay hisobni tenglashtirishdi. Jarima maydonidan to‘p uzoqlashtirilishi «2 ga 1» ko‘rinishidagi qarshi hujumga aylanib ketdi va Meret Bekkerning zarbasini qaytargan bo‘lsa-da, to‘pga birinchi bo‘lib Fofana yetib keldi. Bu gol «Union» 26 avgustdan buyon ilk bor mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazish imkonini berdi, «Napoli» esa «Braga»dan uzoqlashib ketish imkonini qo‘ldan chiqardi.

29 noyabr. «Real» — «Napoli», «Braga» — «Union».

V guruhi

«Arsenal» ilgarilab ketdi

«Arsenal» — «Sevilya» 2:0
Gollar:
Trossar (29), Saka (64). 
«Arsenal» – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Tomiyasu (Zinchenko, 46), Jorjinio (El-Nenni, 90), Rays, Haverts, Trossar (Viyeyra, 81), Martinelli (Nelson, 81), Saka (Kiver, 85).
«Sevilya» – Dmitrovich, Bade, Gudel, Salas (Okampos, 76), Pedrosa (Nyanzu, 76), Fernando, Lamela, Jordan (Sumare, 65; Mariano, 73), Sou (Rakitich, 65), Xuanlu Sanches, An-Nosiri.
Ogohlantirishlar: Sumare (66), Sanches (71), Okampos (77), Zinchenko (81), Rays (85).

«Arsenal» hujum chizig‘ida Gabriel Jyezus va Eddi Nketiasiz qolgan, shu tufayli Mikel Arteta hujumda «S» variantini sinab ko‘rishga majbur bo‘ldi. Hujum uchligi markaziga Trossar joylashtirildi va u murabbiylar ishonchini to‘la oqladi. Tabiiyki, turnirning eng yaxshi assistenti Saka yordamida. Ushbu havbek va Trossar bir-biri bilan telepatik aloqaga ega, belgiyalik futbolchi mavsumdagi besh golining barchasini angliyalik sherigining uzatmasidan keyin urgan.

Bu hujumda Jorjinioning ham roli beqiyos bo‘ldi. U ko‘pchilik o‘zini unuta boshlaganida markaz bo‘ylab «Sevilya»ning butun himoyasini o‘yindan uzib qo‘ygan holda pas berdi. Saka esa ikkinchi bo‘limda o‘zi ham gol ura olishini namoyish etdi. Raqibni gazonga qulatdi va to‘pni uzoq burchakka yo‘llab, andalusiyaliklarni nokautga uchradi hamda «kanonirlar»ning yetakchiligini mustahkamladi. Inqirozdan chiqib keta olmayotgan ispanlar o‘yin davomida bir bor zarba yo‘lladi - ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan yettinchi daqiqada Marianoning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan to‘pi Rayya uchun oson o‘ljaga aylandi.

PSV — «Lans» 1:0
Gol:
de Yong (12). 
PSV – Benites, Teze, Ramalo, Boskali, Dest, Sxauten, Til (Tillman, 66), Verman (Saybari, 66), Losano (Vertessen, 90+3), Bakayoko, de Yong (Pepi, 90+3).
«Lans» – Samba, Gradi, Danzo, Medina, Machado (Aydara, 78), Frankovski (Gilavogi, 78), Mendi (El-Enaui, 66), Tomasson (Fyuljyeni, 65), Abdul Samad, Sotoka, Vai (Said, 82).
Ogohlantirishlar: Losano (38), Machado (42), Danzo (43), Vai (45), Sotoka (45), Ramalo (45), Gradi (52), Medina (53), Gilavogi (82).
Chetlatish: Gilavogi (90+2).

Birinchi bo‘lim uchun rekord darajada ko‘p (6) sariq kartochka ko‘rsatilgan bu o‘yinda barchasini Lyuk de Yong ijrosida bosh bilan urilgan gol hal qildi. Bu ushbu faxriy futbolchining PSV safida YeChLda urgan sakkizinchi goli bo‘ldi va u Rud van Nistelroyning rekordini takrorladi.

Ammo final hushtagi chalinganida kamerada sardor emas, balki Losano ko‘rsatildi, u jamoani g‘alabadan quruq qoldirishi mumkin edi. So‘nggi daqiqalarda meksikalik hujumchi «2 ga 1» holatida qulayroq vaziyatda turgan Bakayokoni ko‘rmaganga oldi, shundan keyingi hujumda esa «Lans» hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi. Shunday ekan, Losano muxlislar g‘azabidan qutulib qoldi, PSV fransuzlarni quvib yetdi, «Sevilya» esa Yevropa Ligasiga ham yo‘llanma bermaydigan to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi.

29 noyabr. «Sevilya» — PSV, «Arsenal» — «Lans».

D guruhi

San-Sebastiyan va Milanda bayram

«Real Sosiyedad» — «Benfika» 3:1
Gollar:
Merino (6), Oyarsabal (11), Barrenechea (21) — R.Silva (49). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Mendes (29).
«Real Sosiyedad» – Remiro, Elustondo (Odriosola, 86), Le Norman, Subeldiya, Munos, Mendes (Turriyentes, 70), Merino, Subimendi, Kubo (Fernandes, 70), Oyarsabal, Barrenechea (Zaxaryan, 78).
«Benfika» – Trubin, Otamendi, Morato, Antoniu Silva, Nevesh, Eursnes, Mariu (Shikinyu, 85), Florentinu (Yurasek, 31), Di Mariya (Tengstedt, 85), Rafa Silva (Gedesh, 85), Artur (Musa, 64).
Ogohlantirishlar: Florentinu (20), Barrenechea (62), Fernandes (86).

Ispanlar fantastik formada ekanini yana bir bor namoyish etdi. 21-daqiqaga kelib mezbonlar beshta gol urishdi, shundan uchtasi hisoblandi. Merino hisobni ochdi, Oyyarsabal hisobdagi farqni oshirdi, 15-daqiqada basklar jamoasi muxlislari navbatdagi golni nishonlashdi, ammo vaziyatga VAR aralashib, Merino qo‘l bilan o‘ynaganini qayd etdi. Ispanlar hujum qilishda davom etdi, Oyyarsabalning yana bir goli ofsayd tufayli bekor qilindi, lekin ko‘p o‘tmay Barrenetchea baribir hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 29-daqiqada esa Mendes penaltidan aniq foydalana olmadi.

Portugallar ikkinchi bo‘lim boshidagi xotirjamlikdan foydalanib, bitta javob goli qaytardi, Rafa Silva «Benfika»ning YeChLning bu mavsumdagi yagona bo‘lib turgan goli muallifi. 

«Real Sosiyedad» yakunda zarbalar bo‘yicha «Benfika»dan katta ustunlikka erishdi – 17:11 (darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar bo‘yicha – 7:4, jarima maydoni ichidan yo‘llangan zarbalar bo‘yicha – 15:6) va chiroyli g‘alabaga erishdi.

«Zalsburg» — «Inter» 0:1
Gol:
Martines (86, penalti).
«Zalsburg» – Shlager, Dedich, Pavlovich, Baydu, Ulmer (Gurna-Duat, 46), Bidstrup, Suchich, Kapaldo, Glux (Amankva, 87), Shimich (Ratkov, 79), Konate (Dorjyeles, 87).
«Inter» – Zommer, Darmian, Acherbi, Bastoni, Bissek (de Vrey, 46), Augusto (Dimarko, 87), Mxitaryan (Barella, 69), Chalxono‘g‘li (Aslani, 61), Frattezi, Sanches (Martines, 68), Tyuram.
Ogohlantirishlar: Bissek (27), Chalxono‘g‘li (49), Pavlovich (51), Glux (75).

Simone Indzagi reshil qator yetakchilarga dam berishga qaror qildi va buning uchun afsuslanishi ham mumkin edi. Ammo ikkinchi bo‘limda asosiy kuchlar maydonga tashlangach, «Inter» vaziyatni o‘ngladi. Barellaning zarbasidan keyin to‘p «Zalsburg» himoyachisining qo‘liga tegdi va Lautaro Martines penaltini aniq ijro etdi. Argentinalik futbolchining zarbasi Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumi finalchisi «Real Sosiyedad» bilan birgalikda 10 tadan ochko jamg‘argan holda guruhdan chiqishini ta’minladi.

29 noyabr. «Benfika» — «Inter», «Real Sosiyedad» — «Zalsburg».

Kun statistikasi

  • YeChLning bir mavsumida «MYu»ning 2 futbolchisi qizil kartochka olishi 2005/06 yillar mavsumidan buyon ilk bor kuzatildi. O‘shanda Runi va Skoulz chetlatilgandi. Bu safar — Kazemiro va Reshford.
  • «Real» hujumchisi Rodrigo asosiy yevrokubokning 43 o‘yinida 17 gol urgan. Uning Ispaniya chempionatidagi 120 o‘yinda urgan gollari soni ham shuncha.
  • Keyn YeChLda 25 gol urish orqali bu borada Runi va Sterlingdan keyingi 3-angliyalikka aylandi. U rekord o‘rnatishi uchun yana beshta gol qoldi.
  • Erik ten Hag «MYu» bilan YeChLda 2 bor safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchrab ulgurdi. «Ayaks»dagi faoliyatida davomida faqat bitta shunday o‘yin bo‘lgandi.
  • «Real Sosiyedad» 19 yillik tanaffusdan keyin ilk bor guruhdan chiqdi.
  • «Bavariya» turnirning guruh bosqichida 38 o‘yindirki yutqazmayapti.

Mavzuga oid