Terma jamoalarga ajratilgan navbatdagi haftalik tugab, yana klublar örtasidagi çempionatlarga qaytmoqdamiz. Bu dam oliş kunlari uçun ham Yevropa bizga bir qator qiziqarli uçraşuvlar tayyorlab qöygan. “Mançester Siti” qöşnisi “Everton”ni qabul qilsa, “Real” va “Barselona” ham El Klasiko oldidan kiçik derbilarda çigalyozdi qilib olişadi. Yakşanba oqşomida esa bizni Angliyaning eng sovrindor ikki klubi örtasidagi bahs kutadi.
KRISTAL PELAS – BORNMUT (18 oktyabr, 19:00)
Har yili Angliyada juda qiziqarli loyihalar paydo böladi va an’anaviy kuçli oltilikning orasiga kirişga muvaffaq böladi. “Nyukasl”, “Aston Villa” kabi jamoalardagi natijalar nisbatan tuşunarli – yaxşiroq tarixga ega bölgan jamoalar, bir qator yulduz futbolçilar doim topiladi. Ammo “Kristal Pelas” va “Bornmut” mutlaqo murabbiylik jamoalari bölib, aynan uslub va tizimli maşğulotlar yordamida yetarliça uzoq davr mobaynida raqobatbardoş böla olmoqdalar. Har ikkisi ham yozda yöqotişlarga uçradi – “Bornmut” deyarli butun himoya çiziğidan ayrilgan bölsa, “Kristal Pelas”ni asosiy kreativ – Ebereçi Eze tark etdi. Ammo hozirça öyinda ham, natijalarda ham bu sezilgani yöq.
Bir neça yil oldin “Kristal Pelas”ning davomli şaklda turnir jadvalining ikkinçi yarmida yurişi, heç qanday ambitsiyalarga ega emasligi haqida e’tirozlar paydo bölganida, öşa paytdagi murabbiy Roy Xojson jamoa muxlislarini erkalanib ketayotganda ayblagan, aslida öşa daraja ham klub uçun öta yuqori ekanini aytgandi. Yöq, aslida unday emas ekan. Oliver Glasner bilan klub nafaqat yuqori örinlar uçun kuraşmoqda, balkim qisqa muddat içida ikkita sovrin yutişga ham muvaffaq böldi. Finallarda “Mançester Siti” va “Liverpul” doğda qoldirilganini ham inobatga olsak, ajoyib natija. Londonliklar şuningdek 19 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyani ham uddaladilar. Afsuski, ötgan turda sönggi daqiqalarda Griliş urgan gol “Everton”ning ğalabasini ta’minladi, aslida, uşbu öyinda ham Glasner şogirdlari köproq ustunlikka ega bölgandi. Umuman “Kristal Pelas” joriy mavsumda juda köp hujum körsatkiçlari böyiça hatto APL peşqadamlaridan ham yaxşiroq ekanini qayd etiş kerak. Yaratilgan katta imkoniyatlar, darvozaga berilgan aniq zarbalar böyiça jamoa APL da eng yaxşi raqamlarga ega.
“Bornmut” esa özining pressing uslubi, tezkor qarşi hujumlari bilan Eddi Xau davridan beri öziga jalb qilib kelgan bölsa, Iraola buni yanada takomillaştirdi. Uning jamoasi nafaqat autsayderlarga xos ikkinçi planda, balki taşabbus bilan ham har qanday raqibga qarşi munosib körinişi jihatidan hatto “Kristal Pelas”dan ham ilğor. Top klublar boş murabbiylarida muammolar paydo bölganda, örinbosar sifatida doim aynan Andoni Iraolaning ismi paydo bölişi ham bejiz emas. Xullas bir-biriga mos bölgan bu ikki jamoa, ikki murabbiyning dueli taktik jihatdan juda qiziqarli va intrigalarda boy bölişi şubhasiz.
Özaro öyinlarda qiziq jihatni payqaş mumkin – oxirgi 9 öyinda tomonlarning kamida bittasi maydonni golsiz tark etgan. Har ikki jamoa ham gol urgan oxirgi özaro öyin 2019 yilga töğri keladi, öşanda “Kristal Pelas” 5:3 hisobida ğalaba qozongandi. Oxirgi ikki öyinda esa hisob oçilmagan.
BAVARIYa – BORUSSIYa (18 oktyabr, 21:30)
Kuçli beşlik çempionatlarida umuman mağlubiyatga uçramagan faqat 4 jamoa qoldi. Ikkitasi Italiyada, ikkitasi esa Bundesligada. “A Seriya” vakillari ikki tur oldin özaro kuç sinaşişdi va durang öynab, mağlubiyatsiz seriyani davom ettirişmoqda. Germaniyadagi yengilmaslar esa şu turda röbaro‘ kelişadi. Myunxenda Kompani şogirdlari sönggi ön beş yildagi eng aşaddiy raqibi “Borussiya”ni qabul qiladi.
“Bavariya”ning har kuzda aql bovar qilmas formaga kirişiga örganib qoldik. Bu safar “Borussiya” ham tempni tuşirmayotgani tahsinga sazovor. Niko Kovaç şogirdlarida umuman yöqotişsiz ketayotgan “Bavariya”dan farqli ravişda ikki durang ham bor. Darvoqe, myunxenliklar kuçli beşlikda joriy mavsumdagi barça öyinini ğalaba bilan yakunlagan yagona jamoa bölib turibdi. Barça musobaqalardagi 10 ğalabadan oltitasi yirik hisobda qölga kiritilganini ham alohida e’tirof etiş kerak.
Özaro öyinlarga kelsak, Myunxenda bölib ötgan oxirgi ikki öyinda mezbonlar ğalaba qozona olişmagan. Ötgan mavsum jangovar 2:2 hisobida yakunlangan bölsa, undan avvalgisida mehmonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi amalda “Bavariya”ni çempionlik umididan mahrum qilganini eslasangiz kerak. Umuman “Borussiya” mehmonda “Bavariya”ga yetarliça muammo tuğdirib keladi. Bundesliga doirasidagi oxirgi 15 uy uçraşuvidan 6 tasida “Bavariya” ğalaba qozona olmagan. Myunxenliklar doim turnir va uçraşuv favoriti bölib kelganini e’tiborga olsak, ançagina katta raqam.
Mehmonlar tarkibida deyarli yöqotişlar yöq. Emre Jan va Dyuranvil ötgan mavsumdan beri safga qaytgani yöq. Anselmino esa asosiy tarkib futbolçisi hisoblanmaydi. Kompani jamoasida esa himoyaçi Yosip Stanişiç, hamda Rafayel Gerreyru şeriklariga yordam bera olişmaydi. Devis va Musiala uzoq muddatga safdan çiqqanini bilamiz.
Kelasi hafta har ikki jamoani ham Çempionlar Ligasida öyin kutib turganini ham eslatib ötiş kerak. “Borussiya” Daniyaga safar qiladi. Turnirdagi keyingi raqiblar içida “Mançester Siti”, “Inter” kabi kuçli jamoalar ham borligini inobatga olsak, ötgan ikki turda 4 oçko jamğargan dortmundliklar “Kopangagen” ustidan ğalaba qozonişi şart. “Bavariya” esa yuqorida aytganimizdek, yuz foizlik körsatkiçga ega va bu turda “Bryugge”ni qabul qiladi.
Darvoqe, Niko Kovaç öz vaqtida “Bavariya”ni boşqargan va qisqa muddatga iste’foga çiqarilgandi. Myunxendagi avvalgi safarida 2:2 natijasini qayd etgan murabbiy uçun yana sobiq jamoasiga qarşi özini körsatiş uçun yaxşigina motivatsiya bölişi kerak.
ISTANBUL BAŞAQŞeHIR – GALATASARAY (18 oktyabr, 22:00)
Eldor Şomurodovning navbatdagi Turkiya grandiga qarşi öyini albatta e’tiborimizdan çetda qolmasligi kerak. Nafaqat bizning, boşqalar ham ayniqsa “Galatasaray” uçun bu öyinga köproq e’tibor qaratadi. Ya’ni agar Eldor özini körsatişi uçun “Konyaspor” yoki “Eyupspor” emas aynan katta jamoalarga qarşi uçraşuvlar ayni muddao. Avvalgi şunday uçraşuv “Beşiktaş”ga qarşi Şomurodov jamoasining yagona golini urgandi. Umid qilamizki, navbatdagi Turkiya superklubi ham hamyurtimizning kolleksiyasidan joy oladi. E’tiborli jihati jamoaning oxirgi ikki goli ham aynan Şomurodov hisobiga yozildi, lekin afsuski bu gollar kerakli oçkolarni olib kelmadi.
Umuman ötgan mavsumda yuqori örinlar uçun kuraşgan “Istanbul Başaqşehir”ning joriy mavsumi kutilgandek keçmayapti. Avvaliga Konferensiyalar Ligasi uçun saralaş töqnaşuvi Ruminiya klubiga boy berilgan bölsa, Turkiya Superligasida ham işlar joyida emas. Jamoa ötkazilgan olti öyindan atigi bittasiga ğalaba qozongan xolos. U ham bölsa safarda qölga kiritilgan. Ya’ni iyul oyida Konferetsiyalar kubogi pley-offida qozonilgan ğalabadan buyon, ikki oydan oşiq vaqt mobaynida hali jamoa öz muxlislari qarşisida yuta olmayapti. Seriyani turnir jadvali peşqadami va amaldagi çempionga qarşi öyinda töxtatiş juda katta iş bölardi.
Bu işning qiyinligi şundaki, “Galatasaray” ötgan 8 turda hali mağlubiyatga uçragani yöq va safardagi 4 öyinning barçasida ğalaba qozonib, birorta ham gol ötkazib yubormagan. Ikkinçidan, “Başaqşehir” ham öz maydonida bu raqibini yutmaganiga ança böldi. Oxirgi marta 2017 yilda mezbonlar 5:1 hisobida ustun kelgandilar. Xuddi öşa yili, faqat avvalgi mavsum öyinida ham “Galatasaray” 4:0 hisobida tiz çöktirilgan. Qiziği, har ikki öyinda ham Emanuel Adabayor xet-trik qayd etgandi.
Tarkiblarga kelsak, afsuski, jamoadagi yana bir hamyurtimiz Abbos Fayzullayev asta-sekinlik bilan zaxiradan tuşayotgandi, lekin terma jamoamiz safidagi uçraşuvda yana jarohat oldi. Uning Turkiyadagi adaptatsiyasi yana biroz keçikadigan böldi. Mezbonlar tarkibida şuningdek, himoyaçi Leonardo Duarte, hamda yarimhimoyaçi Oliviye Kemen şeriklariga yordam bera olişmaydi. Mehmonlar safida esa çap qanot himoyaçisi Ismoil Yakobs va markaziy himoyaçi Uilfrid Singolarda jarohatlar bor.
ROMA – INTeR (18 oktyabr, 23:45)
Bu jamoalar örtasidagi uçraşuv heç qaçon e’tibordan çetda qolmaydi, lekin odatda “Inter” yaqqol favorit bölar, “Roma” esa nimagadir da’vogarlik qilayotgan, doim sal yetişmay qoladigan jamoa sifatida gavdalanardi. Ba’zida rimliklar ğalaba qozonib turişsa-da, peşqadamdan oçko tortib olgan kuçli raqib bölib qolardi xolos. Ammo bu mavsum Gasperini boşçiligidagi “Roma” biroz boşqaça, maqsadi ham jiddiyroq körinyapti. Juda köp 1:0 hisobi qayd etilayotgani köproq Raniyerini eslatib yuborar, ammo agar uçraşuvlarni tomoşa qilgan bölsangiz, “Roma” yaqqol ustunlik, taşabbus bilan öynayotganini ham guvohi bölişingiz kerak.
“A Seriya” doirasidagi 6 uçraşuvdan faqat bittasida “Roma” mağlubiyatga uçradi. U ham “Torino”ga qarşi öyin. Rimliklar öz maydonida yaqqol ustunlik qilişdi, 70 foizdan köproq vaqt mobaynida töpni nazorat qilib, raqib darvozasiga 20 dan ortiq zarba berişdi ham. Ammo qarşi hujumlarda samarali öynagan Turin jamoasi uç oçkoni olib ketgandi. “Roma”ning Yevropa Ligasidagi mağlubiyati ham öxşaş – bu safar xuddi şu rolni “Lill” bajardi. Hatto öyin oxirlarida “Roma” penaltini ham aniq amalga oşira olmagandi.
“Inter”da ham deyarli öxşaş holat. Milanliklarda ham mavsumda ikki mağlubiyat bor, faqat ikkisi ham “A Seriya” öyiniga töğri keladi. Çempionlar Ligasida hammasi joyida – Kivu şogirdlari birorta ham gol ötkazmay ikki öyinni öz foydalariga hal qilişdi. Töğri, jamoa nisbatan kuçsiz raqiblar – “Ayaks” va “Slaviya”ga qarşi töp surişdi. Keyingi raqiblar ham şunga öxşaş – “Qayrat” va “Yunion Sent-Jyelua”. Özi umuman taqvim “Inter” uçun qiziq tuzilgan. Avvaliga oddiyroq raqiblar, ammo keyin kuçli öyinlar boşlanadi. Jamoa “Atletiko”, “Liverpul”, “Arsenal” va “Borussiya”ga qarşi maydonga tuşadi.
Darvoqe, bir hafta oldin “Inter” terma jamoalarga ajratilgan tanaffusdan foydalanib örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi. “Atletiko”ga qarşi keçgan bahsda asosan ikkinçi tarkib bilan birgalikda bu safargi yiğinlarga jalb qilinmagan Mxitaryan, Darmiyan, Aççerbi, Bissek kabi asosiy tarkib futbolçilari ham maydonga tuşişdi. Darmiyan aynan uşbu öyinda kiçik jarohat olib, kelasi bir neçta öyinni ötkazib yuboradigan böldi. Darmiyandan taşqari mehmonlar safida Markus Tyuram ham öynay olmaydi. Uning qaytişi şu oy oxiriga möljallangan. “Roma” tarkibida esa faqat Anxelino virus yuqtirib olgani tufayli maydonga tuşmaydi.
Özaro öyinlarda aynan Rimda bölib ötgan uçraşuvlarni alohida olsak, oxirgi yillarda mehmonlarning yaqqol ustunligiga guvoh bölamiz. “Inter” Rimda bölib ötgan oxirgi 4 öyinni öz foydasiga hal qilgan. Qiziği, “Roma” aksinça, Milandagi uçraşuvlarda yaxşiroq natijaga erişib kelmoqda. “Inter” maydonidagi oxirgi uç öyinning ikkitasida aynan mehmon jamoaning qöli baland kelgan. Umuman sönggi ön yillikni oladigan bölsak, farq u qadar katta emas. “Roma”da 10, “Inter” hisobida esa 13 ğalaba bor. 10 uçraşuv durang bilan yakuniga yetgan.
LIVeRPUL – MANÇeSTeR YuNAYTeD (19 oktyabr, 20:30)
Nafaqat Angliyaning, balki butun Yevropaning markaziy uçraşuvi albatta, “Enfild”da bölib ötadi. Ha, hozirda “Mançester Yunayted” turnir jadvalida pastki poğonalarda bölişi, “Liverpul” esa oxirgi uç öyinni mağlubiyat bilan yakunlaşi mumkin, lekin butun dunyo böylab bu jamoalarning muxlislari, uçraşuvga bölgan qiziqiş nuqtai nazaridan baribir markaziy uçraşuv. Nafaqat turnir jadvali nuqtai nazaridan, balki har ikki jamoa uçun buriliş nuqtasi bölişi mumkin bölgan bahs.
“Liverpul” yuqorida aytganimizdek, qatorasiga uç öyinni boy berdi va APLdagi beş oçkolik ustunlikni boy berib qöydi. Yana bir oçko yöqotiş ança barqaror ketayotgan “Arsenal”ning imkoniyatlarini oşirib yuboradi. Şu bilan birga Slotda avvalgi mavsumdagi kabi erkinlik ham yöq. Jamoa mamlakat çempioni bölsa-da, yozda yangi futbolçilar uçun juda katta mablağ sarfladi. Ha, yöqotişlar ham bor, lekin aynan yangi kelgan futbolçilarning hali özini körsata olmayotgani köproq savollarni keltirib çiqarmoqda. Avvaliga bir qator uçraşuvlar sönggi daqiqalarda ğalabaga aylantirilgaç, çempionlik xarakteri haqida bong urilgan bölsa, keyingi bahslarda xuddi şu ssenariylar endi teskari tomondan röy bera boşladi. Tabiiyki, endi “Liverpul”ga ham tanqidiy qaraş paydo böldi, Virs va Isakning adaptatsiyasi, van Deyk va Salohning yaxşi sport formada emasligi tez-tez tilga olinmoqda. Arne Slot ana endi qiyin vaziyatlarda qanday murabbiy sifatida özini körsata oladi, öz qarorlarida sokinlikni saqlab qoladimi yoki xatolarga şaroit paydo böladimi, yaqin davrlarda “Liverpul”ni kuzatiş qiziq böladi. Umuman agar jamoa öz ğalabali yöliga qaytadigan bölsa, bu aynan azaliy raqibiga qarşi öyinda, öz muxlislari qarşisida sodir bölişi ayni muddao.
“Mançester Yunayted” esa yillar davomida negativ muhitda yaşab kelmoqda. Agar Amorimdan nimadir talab qiliş kerak bölsa, albatta, “Enfild” bu uçun eng noqulay joy, töğri, Uşbu öyindagi mağlubiyat murabbiyning iste’fosiga ham, qöşimça tanqidlarga ham olib kelmas balkim. Ammo boşqa tarafdan aynan şunday uçraşuvlar Ruben Amorim uçun imkoniyat. Aynan katta uçraşuvlarda muvaffaqiyat qozoniş orqali jamoa töğri yölga tuşib olişi, kelasi öyinlar uçun turtki bölişi mumkin. Esingizda bölsa, ötgan mavsumda “Enfild”da jangovor 2:2 hisobi qayd etilgan, hozirgaça öşa öyinni Amorim boşqaruvidagi eng yaxşilaridan biri sifatida eslaşadi. Umuman APL doirasida “Enfild”da ötgan sönggi ikki öyinda mezbonlar ğalaba qozonişning uddasidan çiqişmagan. Bir yil avvalgi bahsda ham hisob oçilmagan, durang qayd etilgandi.
Tarkiblar borasida, Arne Slot matbuot anjumanida Gravenberx derbiga tayyor bölişini ma’lum qildi. Ammo asosiy darvozabon Alison Beker uşbu uçraşuvni ham ötkazib yuboradi. Şuningdek, Ibrohim Konate va Endolarning holati şubha ostida. Mehmonlar tarkibida yöqotişlar deyarli yöq. Ötgan mavsumda safdan çiqqan Lisandro Martines maşğulotlarga qaytgan bölsa-da, hali töliq maydonga tuşiş uçun tayyor emas. Mazraui esa tiklanib ulgurgan, lekin Amorimning aytişiça, asosiy tarkibda tuşişga tayyor bölişi hozirça aniq emas.
BOŞQA ÖYINLAR
18 oktyabr. Nottingem Forest – ÇeLSI (16:30), Mayns – BAYYeR (18:30), Brayton – NYuKASL (19:00), MANÇeSTeR SITI – Everton (19:00), BARSeLONA – Jirona (19:15), Torino – NAPOLI (21:00), Fulhem – ARSeNAL (21:30), ATLeTIKO – Osasuna (23:55)
19 oktyabr. Komo – YuVeNTUS (15:30), TOTTeNHEM – Aston Villa (18:00), ATALANTA – Latsio (21:00), MILAN – Fiorenti (23:45), Xetafe – ReAL (23:55)












