Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy YeKning Ukraina bo‘yicha qarorini «to‘g‘ri qadam» deb atadi
Ukraina prezidenti Kiyev Rossiya bilan davom etayotgan urushga qaramay, YeIga kirish bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshirishda davom etishini ta’kidladi.
Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy 8 noyabr, chorshanba kuni e’lon qilingan xalqqa videomurojaatida Yevropa komissiyasining Ukraina bilan Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya etish haqidagi qarorini «to‘g‘ri qadam» deb atadi.
«Ukrainaliklar har doim umumiy Yevropa oilasining bir qismi bo‘lgan. Bizning davlatimiz Yevropa Ittifoqida bo‘lishi kerak. Biz Yevropa qadriyatlarini himoya qilganimiz uchun bunga loyiqmiz. Oldinga intilyapmiz va dekabr oyida Yevropa kengashining siyosiy qarorini kutamiz», - deydi u. Ukraina prezidenti, Rossiya bilan davom etayotgan urushga qaramay, Kiyev Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha barcha tavsiyalarni bajarishda davom etishini ta’kidladi.
8 noyabr, chorshanba kuni Yevrokomissiya Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rasman tavsiya qildi va mamlakatning asosiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyati haqidagi hisobotni taqdim etdi. Ular Kiyev bilan muzokaralarni boshlash uchun yetarlimi yoki yo‘qmi, buni YeIga a’zo davlatlar rahbarlari 14-15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Bryusseldagi sammitda ovoz berish chog‘ida hal qiladi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026