Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin rahbari Quddusda saylov o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi
Mahmud Abbos xalqaro hamjamiyatni Falastinni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga chaqirdi.
Foto: AP
Falastin davlati rahbari Mahmud Abbos prezident va parlament vakillarining umumiy saylovini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov Quddusda ham o‘tkaziladi.
«Biz butun Falastin xalqi, jumladan Quddus ham ishtirok etadigan umumiy saylovlarni tashkil qilishga tayyormiz», dedi siyosatchi Ar-Riyozda, Arab davlatlari Ligasining favqulodda sammitida.
Mahmud Abbos xalqaro hamjamiyat Falastinni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi kerakligini qo‘shimcha qildi. BMT Xavfsizlik Kengashi prezidentni «shafqatsiz tajovuzni zudlik bilan to‘xtatishga» va G‘azo sektori aholisini dori-darmon va oziq-ovqat, shuningdek, suv, elektr va yoqilg‘i bilan ta’minlashga chaqirdi.
Avvalroq, Mahmud Abbos AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda G‘azo sektorini nazoratga olishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. 1 noyabr kuni Entoni Blinken Falastin ma’muriyati anklavni nazorat qilishi «eng samarali va oqilona yechim» bo‘lishini aytdi.
Mavzuga oid
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
19:07 / 27.04.2026
FATH G‘azo sektorida 20 yil ichida ilk bor o‘tkazilgan mahalliy saylovda g‘alaba qozondi
17:42 / 07.04.2026
Tinchlik kengashi Hamasdan tez orada qurolsizlanishni talab qilmoqda
21:34 / 01.04.2026