AQŞ prezidenti Donald Tramp taşabbusi bilan taşkil etilgan «Tinçlik Kengaşi» (Board of Peace, BoP) jamğarmasi tört oy davomida homiylardan birorta rasmiy badal olmadi. Bu haqda Financial Times öz manbalariga tayanib xabar berdi.
«Tinçlik Kengaşi» 2026 yil yanvar oyida Trampning Ğazo sektori böyiça tinçlik rejasi doirasida taşkil etilgan. Taşkilot BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan. Tramp unda doimiy rais hisoblanadi.
2026 yil fevral oyida bölib ötgan birinçi yiğilişda Tramp 17 milliard dollarlik badal töplangani haqida e’lon qildi. Şundan 10 milliard dollari AQŞdan, 7 milliard dollarga yaqini boşqa töqqizta davlatdan «kelgan».
Ta’kidlanişiça, aslida, Jahon banki tomonidan boşqariladigan moliyaviy fond (Financial Intermediary Fund for Gaza Reconstruction and Development) «nol dollar» oldi.
«Tinçlik kengaşi» vakili ba’zi badallar Jahon bankining şaffof mexanizmini çetlab ötib, töğridan-töğri JPMorgan hisobiga tuşayotganini aytdi. Biroq, bu ötkazmalarning aniq summalari va tafsilotlari noaniqligiça qolmoqda. Masalan, Marokaşning 20 million dollar miqdoridagi kiçik hissasi tilga olinadi.
Keçikiş sabablari:
Siyosiy va huquqiy tösiqlar;
Bajarilmagan şartlar, jumladan HAMASni qurolsizlantiriş;
Mintaqadagi keskinlik, jumladan Eron bilan munosabatlar;
Yevropa ittifoqçilari va BMT an’anaviy tuzilmalariga muqobil yoki raqobatçi sifatida «Tinçlik Kengaşi»ni köradigan bir qator mamlakatlarning skeptitsizmi.
Şov-şuvli e’lonlarga qaramay, Ğazoni tiklaş loyihalari tösib qöyilgan. Birorta şartnoma imzolanmagan, «birorta ğişt terilmagan».
«Tinçlik Kengaşi»da doimiy a’zo maqomini oliş uçun 1 milliard dollar miqdorida badal talab etiladi. Aks holda, uzaytiriş imkoniyati bilan uç yillik muddat.
Ğazoni tiklaşning umumiy bahosi 70 milliard dollarga baholanmoqda. Biroq, haqiqiy moliyalaştiriş yöqligi sababli, ulkan rejani amalga oşiriş söroq ostida qolmoqda.












