Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 13-15 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 14 noyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja, 15 noyabrda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14 noyabrda kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 15 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; Navoiy viloyatining shimolida 13 noyabrda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 14 noyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja, 15 noyabrda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, 14 noyabrda kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 15 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 14 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +20...+25 daraja, 15 noyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +13...+18 daraja, 15 noyabrda +20...+25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 noyabrda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +4...+9 daraja, 14 noyabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +6...+11 daraja, 15 noyabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.