O‘zbekiston | 11:02 / 13.11.2023
19581
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida juda iliq harorat kuzatiladi

O‘zbekiston bo‘yicha 13-17 noyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +13...+18 daraja atrofida bo‘ladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ish haftasi davomida respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Hafta boshida ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib, ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati +21...+24 darajagacha, respublika janubida ba’zi joylarda +25...+27 darajagacha bo‘ladi.

Havo harorati hafta oxiriga borib, kechasi +7...+10 darajagacha ko‘tariladi.

Bunday harorat foni noyabr oyining o‘rtalari uchun iqlim qiymatlaridan +5...+8 darajaga yuqori hisoblanadi.

Poytaxtda 13-17 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘rtacha bo‘lgan tezlikda esadi.

Bugun kunduzi havo harorati +14...+16 daraja, keyinchalik kunduzgi harorat ko‘tarilib, 16-17 noyabrda +21...+23 daraja bo‘ladi. Kechasi harorat +5...+7 darajadan +8...+10 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid