O‘zbekiston | 17:57 / 13.11.2023
9446
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi aniqlandi 

U davlatga 540 mln so‘m zarar yetkazgani aytilmoqda. 

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning kripto-aktivlari qurilmasini o‘rnatgan shaxs aniqlandi. 

Qayd qilinishicha, shaharning Olmazor tumanida yashovchi Sh.P. uyida 94 ta to‘plamdagi qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid