Baxmutdagi «Vampir» dronlari va artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 629-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina TIV rahbari Dmitro Kuleba YeI va’da qilingan million dona artilleriya snaryadlarini «mudofaa sanoatidagi ayanchli holat» tufayli va’da qilingan muhlat – 2024 yil martiga qadar yetkazib bera olmasligini ma’lum qildi.
- Kursk oblastida Yangi yilda mushak va petardalardan foydalanish taqiqlandi.
- World of Tanks o‘yini ishlab chiqaruvchilari Ukraina uchun tez yordam mashinalari xarid qilishga million dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishdi.
- Kiyevdagi sud Oliy rada deputati Oleksandr Dubinskiyni ikki oy muddatga qamoqqa oldi. U davlatga xiyonat qilishda va jinoiy tashkilot tuzilishida ishtirok etishda gumonlanmoqda.
- Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Zaporijjya oblastida 128-alohida tog‘-shturm brigadasi Rossiya zarbasiga duchor bo‘lgan taqdirlash marosimida maskirovka qoidalari va xavfsizlik choralariga amal qilinmaganini ma’lum qildi.
- Zelenskiyning ofisi rahbari Ondriy Yermak 2024 yil urushdagi hal qiluvchi yil bo‘lishini aytdi. Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi esa uchta yo‘nalishdagi vaziyat «murakkabligi, ammo nazorat ostida» ekanini ma’lum qildi.
- Anna Politkovskaya o‘ldirilishi bilan bog‘liq ishdagi figurantlardan biri ozodlikka chiqqan va Ukrainada jang qilmoqda. Jurnalistning qizi va o‘g‘li Sergey Hojiqurbonovning ozod etilishini uning xotirasini «tahqirlash» deb atadi.
Ukraina QKning Baxmut yaqinidagi bo‘linmasi «Vampir» dronlaridan foydalanmoqda
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi artilleriyachilari
Xuddi shu Baxmut yo‘nalishida «Axill» maxsus bo‘linmasi qatorida ukrain artilleriyachilari ham hujumga tayyorlanmoqda.
Mariupolda «Azovstal» ishchilariga o‘rnatilgan yodgorlik
«Azovstal» metallurgiya kombinatining Ikkinchi jahon urushi vaqtida halok bo‘lgan ishchilari uchun o‘rnatilgan yodgorlik shahar 2022 yil bahorida qamal qilingan chog‘da vayron bo‘lgandi. Okkupatsiya hukumati uni tiklash ishlariga Moskva oblastidan quruvchilarni jalb etdi. Fotoda — dengizchi, ishchi va askarning tiklangan haykallari. Original yodgorlikda Georgiy tasmasi yo‘q edi.
Mavzuga oid
21:05
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30