Iqtisodiyot | 10:28 / 20.11.2023
17825
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston O‘zbekistonda elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqarishi mumkin 

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Karnataka shtatida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Foto: Dunyo AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Bangalor shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirokida biznes-forum uyushtirildi. 

Samarali o‘tgan muloqotlar yakunida qator amaliy kelishuvlarga erishildi.

MAM Minerals kompaniyasi bilan hamkorlikda Peshku tumanida grafitni qayta ishlash va yuqori qiymatli, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (elektromobil akkumulyatorlari) ishlab chiqarish loyihasini hayotga tatbiq etish masalalari o‘rganildi. Hind kompaniyasining yaqin istiqbolda Buxoro viloyatidagi grafit konida tadqiqotlar olib borish uchun ishchi guruh yuborishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Instrumens kompaniyasi bilan Buxoro viloyati hududida zamonaviy axborot displeylari ishlab chiqarish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Viloyatdagi maktablar va turli idoralarni mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan ana shu turdagi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha hamfikrlik bildirildi. 

Dunyoning eng yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilaridan biri sanalgan IBM kompaniyasining Karnataka shtatidagi bo‘linmasi bilan Qorako‘l tumanida tashkil etilayotgan Acharya-IT klasterida yoshlarni IBM sertifikati asosida o‘qitish, klaster negizida IBM kompaniyasining ofisi va laboratoriyasini tashkil qilishga kelishib olindi.

Delegatsiya safari doirasida Hindiston tadbirkorlari bilan Buxoro viloyatida turli sohalardagi loyihalarga qaratilgan 15 ta anglashuv memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid