Jahon | 14:16 / 21.11.2023
4039
2 daqiqa o‘qiladi

«Kommersant»: Rossiyada KXDRga aviareyslar ochish taklif qilindi

«Aeroflot» va «Avrora» kompaniyalariga Shimoliy Koreyaga muntazam parvozlarni boshlash taklif qilindi, deb yozadi «Kommersant». Ammo turoperatorlar ularga talab bo‘lishiga shubha qilyapti. Hozir Air Koryo'da Pxenyanga uchish mumkin.

Foto: Markus Mainka/picture alliance

Rosaviatsiya Rossiya aviatashuvchilariga Pxenyanga muntazam parvozlarni boshlashni taklif qildi, deb yozadi «Kommersant». 20 noyabr, dushanba kuni chop etilgan gazeta maqolasiga ko‘ra, bunday taklif allaqachon «Aeroflot» va Uzoq Sharqning «Avrora» aviakompaniyasi tomonidan qabul qilingan va u yangi reyslarni ochishga «nazariy tayyorligini» tasdiqlagan.

Gazetaning yozishicha, Rosaviatsiya delegatsiyasi o‘tgan hafta Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan va u yerda KXDR fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati vakillari bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovini kengaytirish masalalarini muhokama qilgan. Hozirda faqat Vladivostokdan Pxenyanga uchish mumkin - Shimoliy Koreyaning yagona aviakompaniyasi Koryo haftasiga ikki marta reyslarni amalga oshiradi.

Turoperatorlar yo‘nalish qiziqish uyg‘otishiga ishonmayapti

Shu bilan birga, rossiyalik turoperatorlar hali KXDRga turlarni tiklash bo‘yicha so‘rovlarni olmagan va bunday sayohatlarga qiziqish ortishi kutilmayapti. «Kommersant»ning turizm sohasidagi suhbatdoshlari ushbu reyslarda asosiy yo‘lovchilar siyosatchi va ishbilarmon doiralar vakillari bo‘lishi mumkinligini bildirgan, Pxenyanga umumiy yo‘lovchi tashish esa yiliga bir necha ming kishilik ko‘rsatkichdan oshishi dargumon.

«Aeroflot», Rosaviatsiya va Transport vazirligi Shimoliy Koreyaga ehtimoliy muntazam parvozlar haqidagi ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid