Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston transport oqimini boshqarishda Xitoy bilan hamkorlik qilmoqchi
Anlu kompaniyasi bilan yo‘llarda transport oqimini boshqarishda innovatsion yechimlarni ishlab chiqish imkoniyati muhokama qilindi.
Foto: Transport vazirligi
Xitoy kompaniyasi intellektual transport tizimini joriy etishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, vazirning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Anlu International kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi.
Unda intellektual transport tizimi hamda yo‘llarda transport oqimini boshqarishda innovatsion yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar bu orqali harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlik qilmoqchi.
Avvalroq Xitoyning Hichain kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida logistika markazini ochishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:33 / 23.02.2026
Xitoy uy bozoridagi inqiroz: bunga nima sabab bo‘ldi?
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
08:00 / 20.02.2026