Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston bo‘yicha 24-26 noyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat +15...+18 darajagacha ko‘tariladi, shanba kuniga borib +17...+20 darajagacha, yakshanba kuni esa +20...+23 darajagacha isiydi. Harorat kechasi +5...+10 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bugun kunduzi ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Poytaxtda 24-26 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +7...+9 daraja, kunduzi 24 noyabrda +15...+17 darajagacha, 25 noyabrda +16...+18 daraja, 26 noyabrda +19...+21 daraja atrofida bo‘ladi.