Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Olmazor tumani hokimligidagi majlisda mahalla raisi vafot etdi
U majlis paytida yiqilib tushgani aytilmoqda.
Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla raisi yiqilib tushib, vafot etgan.
Daryo manbasiga ko‘ra, 24 noyabr kuni o‘tkazilgan majlis paytida, soat taxminan 10 larda «Yangi Sebzor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi yiqilib tushib, hayotdan ko‘z yumgan.
Olmazor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Vitaliy Tolibjonov voqeani tasdiqlagan. Ammo qo‘shimcha ma’lumot berolmasligini, ish yuzasidan prokuraturadan axborot olish mumkinligini aytgan. Bosh prokuratura tez orada axborot berilishini bildirgan.
Shaxsi sir qolishini istagan manbaning aytishicha, hokimiyatda mas’ullarining «majlisbozligi 40 kundan beri davom etmoqda». «Bu majlisbozlik qachon tugaydi? Har kun bir soatlab ko‘chada sovuqda turyapmiz», degan u.
Mavzuga oid
14:23
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
20:29 / 11.07.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi baxtsiz hodisalar oqibatida olti oyda 140 nafarga yaqin inson vafot etdi
12:11 / 06.07.2026