Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Frontex'ning 50 xodimini Finlandiya-Rossiya chegarasiga jo‘natadi
Avgust oyidan beri Finlandiyaning Rossiya bilan chegarasida Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridan boshpana izlovchilar soni ortib bormoqda. Yevropa Ittifoqi chegarani himoya qilish agentligi vaziyatga munosabat bildirdi.
Yevropa chegara va qirg‘oqni qo‘riqlash agentligi - Frontex Finlandiya chegara qo‘riqlash xizmatini qo‘llab-quvvatlash uchun yana 50 nafar xodimi, shuningdek, patrul mashinalari va boshqa jihozlarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 23 noyabr, payshanba kuni e’lon qilingan Frontex press-relizida aytiladi.
Shu tariqa, Frontex hozirgi vaziyatga tezkor reaksiya bildirib, Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini himoya qilish, Yevropa Ittifoqi xavfsizligini mustahkamlash va Joint Operation Terra 2023 transchegaraviy jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha faoliyatini kengaytirmoqda, deyiladi xabarda.
Frontex xodimlarining birinchi guruhi Finlandiyaga 29 noyabr kuni yetib kelishi kutilmoqda. Uning tarkibiga chegarachilar, migrantlarni ro‘yxatga olishda yordam beruvchi xodimlar, hujjatlar bo‘yicha ekspertlar va tarjimonlar kiradi. Hozirda Yevropa agentligining jami 10 nafar xodimi Finlandiya chegaralarida ishlayapti.
YeIning gibrid chaqiriqlarga qarshi kurashi
«Frontex'ning Finlandiyani qo‘llab-quvvatlashi logistika doirasidan tashqariga chiqadi va Yevropa Ittifoqining o‘z a’zolaridan biriga ta’sir qiladigan gibrid muammolarni hal etishda birlashgan pozitsiyasini namoyish etadi. Bu hamkorlik murakkab chegara muammolarini hal qilishda Yevropa birlashgan jabha sifatida turishini va aniq harakatlar shaklida yordam berishini ko‘rsatadi», - dedi Frontex ijrochi direktori Xans Leytens.
Finlandiyaning Rossiya bilan chegarasi Yevropa Ittifoqining tashqi chegarasi hisoblanib, 1340 kilometr uzunlikka ega.
Frontex ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda agentlik chegara xavfsizligini ta’minlash choralari bilan cheklanib qolmaydi. «Agentlik ushbu ssenariyning gumanitar jihatini yaxshi biladi, ayniqsa og‘ir ob-havo sharoiti va Finlandiya chegarasiga kelgan odamlarning tayyorgarliksizligi hisobga olinsa. Agentlik Yevropa chegaralarini himoya qilishni ta’minlash, asosiy qoidalarga hurmatni saqlash tarafdori bo‘lib qoladi, barcha insonlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoya qiladi», deyiladi press-relizda.
Finlandiya Rossiya bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini yopdi
Bir kun avval, 22 noyabr kuni Finlandiya bosh vaziri Petteri Orlo Finlandiya va Rossiya chegarasida muhojirlar oqimi bilan bog‘liq inqirozning kuchayishi fonida Helsinki hukumati 24 noyabr yarim tundan boshlab barcha o‘tish joylarini vaqtincha yopishga qaror qilganini aytdi. Bunda, bitta o‘tish joyi ochiq qoladi - Finlandiya shimoli-sharqidagi «Raya-Yooseppi».
Bir kunda to‘rt soat ochiq bo‘ladigan ushbu nazorat punktida boshpana izlovchilar xalqaro himoyaga murojaat qilishi mumkin, deya ta’kidlaydi u.
O‘tgan haftada birinchi beshta chegara o‘tish punkti ishlashdan to‘xtadi: to‘qqiztadan to‘rttasi («Imatra», «Niirala», «Nuyyamaa» va «Vaalimaa») - 18 noyabrga o‘tar kechasi, beshinchi nazorat punkti - «Vartius» - 19 noyabrdan. Bundan oldin Finlandiya hukumati «Vartius»dagi chegarachilarga yordam berish uchun qurolli kuchlarni yuborgan.
Finlandiyaning Rossiya bilan chegarasida boshpana izlovchilar soni ortishi
Finlandiya rasmiylari Rossiya bilan chegarani yopish qarorini uchinchi davlatlardan Rossiya hududi orqali kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimining keskin oshgani bilan oqlamoqda. So‘nggi kunlarda Iroq, Suriya, Yaman va boshqa Yaqin Sharq davlatlarining yuzlab fuqarolari Finlandiyaga borish uchun Rossiya chegarasini kesib o‘tdi. Avgust oyidan beri boshpana uchun ariza beruvchilar soni ortib bormoqda, biroq ularning aksariyatida Finlandiyaga kirish uchun kerakli hujjatlar yo‘q.
Helsinki Rossiya tomonini oqimni uyushtirganlikda aybldi. «Bu milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘lib, sharqiy chegara hududidagi hukumatlar faoliyatiga og‘ir yuk bo‘lib tushmoqda», dedi Finlyandiya chegara qo‘riqlash xizmati rahbari o‘rinbosari Markku Hassinen.
Mavzuga oid
09:45 / 27.06.2026
Finlandiya yadroviy qurolga oid taqiqni bekor qildi
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
15:49 / 06.02.2026