O‘zbekiston | 20:30 / 25.11.2023
4488
1 daqiqa o‘qiladi

Urganchdan Sankt-Peterburgga parvozlar soni oshiriladi

Ikki shaharni bog‘lovchi aviaqatnovlar soni haftasiga to‘rttaga yetkaziladi.

Foto: Kun.uz

29 noyabrdan boshlab Xorazm viloyati markazi Urganch shahridan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga parvozlar soni oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Qayd qilinishicha, parvozlar soni haftasiga to‘rttaga yetkaziladi. Reyslar seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq, Rossiya va O‘zbekiston transport vazirliklari ayrim shaharlar o‘rtasida o‘zaro aviaqatnovlarni ko‘paytirishga kelishib olgan edi.

Jumladan, Moskva va Urganch o‘rtasidagi qatnovlar haftasiga 7 tadan 14 taga yetkazilishi aytildi. Reyslarning katta qismi Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid