Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venada O‘zbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasi majlisi o‘tkaziladi
TIVda joriy yilning 1 dekabr kuni Vena shahrida O‘zbekiston-Avstriya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va qo‘shma biznes-forumni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Avstriya Federal tashqi ishlar vazirligining ko‘p tomonlama xalqaro huquq bo‘limi boshlig‘i Matias Radostich rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Avstriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, turli sohalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilning 1 dekabr kuni Vena shahrida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va qo‘shma biznes-forumni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026