Jahon | 16:01 / 27.11.2023
6090
3 daqiqa o‘qiladi

18 davlat sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz qilishga chaqirdi

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlatlar sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanishdan himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi. 

Foto: Getty images

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va yana 15 davlat iste’molchilarni sun’iy intellektdan (SI) noto‘g‘ri foydalanishdan himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi. 27 noyabr, dushanba kuni chop etilgan 20 sahifalik hujjat sun’iy intellekt tizimlarini tajovuzkorlardan himoya qilish bo‘yicha sun’iy intellekt kompaniyalariga tavsiyalar beradi. 

Xususan, sun’iy intellektni ishlab chiquvchi va joriy etuvchi kompaniyalar kiberjinoyatchilarning ulardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik va foydalanuvchilar maxfiy ma’lumotlarining uchinchi shaxslarga yetib borishining oldini olish uchun ushbu tizimlarni «tuzilmasi bo‘yicha xavfsiz» qilishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga, SI bilan ishlashning barcha bosqichlarida potensial xavflarni hisobga olish kerak: ishlab chiqish, amalga oshirish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishda. 

«SI tizimlari standart kiberxavfsizlik tahdidlari bilan bir qatorda, ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan yangi zaifliklarga duchor bo‘lishi mumkin. Rivojlanish tezligi yuqori bo‘lganda - sun’iy intellektda bo‘lgani kabi - xavfsizlik ko‘pincha so‘nggi o‘rinni egallashi mumkin. Biroq, xavfsizlik faqat ishlab chiqish bosqichida emas, balki tizimning butun hayotiy sikli davomida ham asosiy talab bo‘lishi kerak», — deyiladi hujjatda. 

Ko‘rsatmalar majburiy emas, biroq ekspertlar fikricha, 18 davlat ishtirokidagi kelishuv muhim qadamdir. AQSh Kiberxavfsizlik boshqarmasi va Infratuzilma xavfsizligi agentligi direktori Jyen Isterlining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjatda SI texnologiyalari «bozorga tezda olib kelinishi mumkin bo‘lgan ajoyib xususiyatlar emas» - ularni ishlab chiqishdagi eng muhim jihat xavfsizlik ekanligi ta’kidlanadi. 

Avvalroq Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Fransiya, AQSh va boshqa ba’zi davlatlar, shuningdek, yirik IT-konsernlari vakillari, jumladan ChatGPT’ni yaratgan Open AI kompaniyasi menejyerlari hamda Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask «Blechli deklaratsiyasi»ni imzolagan edi. U sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz ishlab chiqish va joriy etishga chaqiradi. 

Mavzuga oid