Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilni mast holatda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
Amaldagi tartibga ko‘ra, avtomobilni mast holatda boshqarish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Endilikda jazo og‘irlashtirilishi va bu huquqbuzarlik jinoyat deb e’lon qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, mastlik holatida tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Qonunchilik palatasining 28 noyabrdagi navbatdagi majlisida deputatlar yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq qonun loyihasini uch o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qildi.
Loyiha bilan transport vositalarini mast holatda boshqarish yoki mastlik holatida tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Amalda buning uchun ma’muriy javobgarlik mavjud.
Taklif etilayotgan sanksiya qanday ekani hozircha ma’lum emas. O‘tgan yili IIV YHXX boshlig‘i Olimjon Saidov mast holda rulga o‘tirganlar 5 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi haqida aytgandi.
Amaldagi javobgarlik qanday?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga ko‘ra, hozirda avtomobilni mast holda haydash transport vositasini boshqarish huquqidan bir 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMning 25 baravari (1 dekabrdan 8,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishg sabab bo‘lishi mumkin.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 40 baravari (1 dekabrdan 13 mln 600 ming so‘m) miqdorida jarima solishga yoki 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Hozirda mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash kodeksning 136-moddasiga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunda, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha mahrum qilinib, BHMning 15 baravari (1 dekabrdan 5 mln 100 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
11:33 / 16.05.2026