O‘zbekiston | 00:10 / 28.11.2023
10164
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘rg‘ontepadagi «Muruvvat» uyida 1 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Qonunbuzarlikda sobiq direktor va qurilish korxonalari gumonlanmoqda.

Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida 1 mlrd so‘m talon-toroj qilindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida amalga oshirilgan qurilishlar davomida 1 mlrd 74 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasida qurilishni amalga oshirgan korxonalar hamda internatning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi, 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishining tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid