Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada noqonuniy migrantlar uchun nazorat rejimini joriy etish taklif qilindi
Ular zudlik bilan deportatsiya qilinmaydi, ammo kuchli nazorat ostida qoladi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi turli sabablarga ko‘ra mamlakatda qolish uchun qonuniy asoslarga ega bo‘lmagan xorijliklar uchun nazorat rejimini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya IIV qonun loyihasi matniga tayanib, TASS xabar berdi.
Hujjatda belgilanishicha, agar migrantlarning vaqtincha bo‘lish muddati, vaqtincha yashash uchun ruxsatnomasi, yashash uchun ruxsatnomasi muddati o‘tgan bo‘lsa, shu bilan birga Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan bo‘lsa, vizasi va boshqa migratsiya hujjatlari bekor qilingan bo‘lsa nazorat ostida qolish reyestriga kiritilishi mumkin.
Qonun loyihasi mualliflari ularga nisbatan quyidagi cheklovlarni kiritishni taklif qilgan: yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishni, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni, avtotransport vositalarini oldi-sotdisini, shuningdek, ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi noqonuniy migrantlar uchun avtomobil haydash, haydovchilik guvohnomasini olish yoki almashtirish, bank hisob raqamini ochish, pul o‘tkazish va turmush qurishga ruxsat bermaslikni taklif qilmoqda.
Nazorat ostidagi rejim amal qiladigan migrantlar davlat organlarini manzili, yashash joyining o‘zgarishi, Rossiyadan mustaqil ravishda chiqib ketish sanasi, joyi va yo‘nalishi to‘g‘risida xabardor qilishi shart. Agar ular cheklovlarni buzsa, deportatsiya qilinishi yoki maxsus muassasaga joylashtirilishi mumkin.
Qayd qilinishicha, Rossiyada 6,4 million chet el fuqarosi bor, ularning aksariyati ishlash uchun mamlakatga kelgan. Rossiyaga mehnat migrantlari oqimi bo‘yicha yetakchi uchlikka Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston kiradi.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026