Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda O‘zbekiston - Britaniya savdo va sanoat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
TIVda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Buyuk Britaniya elchisining o‘rinbosari Stiven Anderson bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, turli darajadagi rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar va tashriflarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Suhbatdosh joriy yil 28-30 noyabr kunlari London shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashining (UBTIC) navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani va ushbu tadbirda britan tomonidan 300 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida turli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish maqsadida doimiy ravishda muloqot o‘tkazib turishga kelishildi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026