Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Narxoz» va Moliya instituti poytaxt markazidan ko‘chirilishi kutilmoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Moliya instituti shaharning chekkaroq qismiga ko‘chirilishi aytilmoqda. Shahar hokimiyati matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu bo‘yicha loyiha ham tayyorlangan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti shahar markazidan Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin.
Poytaxt hokimiyati matbuot xizmati mutaxassisi Gulnoza Qosimovaning Kun.uz so‘roviga javoban bergan ma’lumotiga ko‘ra, haqiqatan ham mas’ullarda shunday reja bor.
"Buning rejasi hozircha muhokamada, bunday [oliygoh binolari ko‘chirilishi] ehtimol bor, lekin aniq qaror yo‘q hali.
Loyiha bor, tasdiqlanmagan. Men ham [bu loyihani] ko‘rmaganman, davlat rahbari tasdig‘idan o‘tadigan loyiha ekan. Agar tasdiqlansa, albatta bo‘lishamiz", — dedi u.
Ta’lim muassasalarini markazdan boshqa joyga ko‘chirish taklifini kim bergani va bunga ehtiyoj nimadan paydo bo‘lgani haqidagi savollar ochiq qoldi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Islom Karimov shoxko‘chasida, Moliya institutining bosh binosi esa Amir Temir shoxko‘chasida joylashgan. OTMlarning bo‘shatiladigan binolari keyingi taqdiri ma’lum emas.
Mavzuga oid
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
20:49 / 02.01.2026
Amirsoy va Bildirsoyga olib boruvchi yo‘lda bir tomonlama harakat tashkil etildi
09:02 / 30.12.2025