Iqtisodiyot | 18:22 / 29.11.2023
21067
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aholi tomonidan sezilgan inflatsiya 17,2 foizga yetdi

Oktyabr oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan yillik inflatsiya darajasi 13,4 foizga yetgan. Tadbirkorlar esa oxirgi bir yilda o‘rtacha 14,1 foizlik inflatsiyani sezganini qayd etgan.

Foto: Getty Images

Markaziy bank oktyabr oyi uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 13,4 foizni tashkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 17,2 foiz va Toshkent viloyatida – 14,2 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpog‘iston – 11 foiz va Navoiy viloyatida – 11,5 foiz sezilgan. 

Mazkur davrda tadbirkorlar tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 14,1 foiz bo‘lgan. Respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand – 17,3 foiz va Andijon – 15,8 viloyatlarida, eng past ko‘rsatkich Namangan – 12,2 foiz va Qashqadaryo – 12,4 viloyatlarida kuzatilgan.

Sohalar kesimida aholi tomonidan eng yuqori sezilgan inflatsiya darajasi OAV (15,8 foiz) va savdo (15,6 foiz) sohalarida, eng past sezilgan inflatsiya tashish xizmatlari (11,5 foiz) sohasida qayd etilgan.

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng yuqori sezilgan inflatsiya darajasi marketing (17,5 foiz) va tashish xizmatlarida (15,6 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi (12,5 foiz) va sog‘liqni saqlash (12,8 foiz) sohalarida sezilgan. 

Sohalar kesimida inflyatsion kutilmalarning eng yuqori darajasi savdo (16,5 foiz) va OAV(16,5 foiz) tarmog‘ida ishlovchilar tomonidan qayt etilgan.

Biznes vakillarining eng yuqori kutilmalari esa marketing (16,2 foiz) va ta’lim (15,8 foiz) sohalarida ish olib boruvchilar tomonidan prognoz qilingan.

Avvalgi oylarda farqli ravishda, oktyabr oyi uchun tayyorlangan hisobotda Markaziy bank tomonidan daromadlar kesimidagi sezilgan inflatsiya, hududlar kesimidagi aholi javoblarining taqsimoti ochiqlanmagan.

Sentyabr-oktyabr oylarida aholi tomonidan narxlarining eng yuqori o‘sishi sezilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar:

Avvalroq, oktyabrda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 foizga yetgani xabar qilingandi. Bu aholi tomonidan sezilgan o‘rtacha inflatsiya darajasidan 4,3 foizga kam.

Mavzuga oid