O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. 1 dekabr kuni kunning ikkinchi yarmida havo harorat +10...+15 darajagacha, shanba va yakshanba kunlari +15...+18 darajagacha bo‘ladi. Harorat kechasi +2...+7 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Kechasi va ertalab respublikaning ba’zi joylarida tuman tushadi.
Toshkentda juma va dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1–2 dekabrda kechasi va ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari +5...+7 daraja, kunduzi 1 dekabrda +13...+15 daraja , 2–3 dekabrda +15...+17 daraja bo‘ladi.