Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda gaz «zapravkalari» ish vaqti cheklandi
4 dekabrdan boshlab, ularning ish vaqti ertalab soat 6:00 dan 15:00 ga qadar belgilandi.
Andijon viloyatida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ish vaqti cheklandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
«Havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlari (maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqalarga) yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Shu sababli, viloyatdagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish 4 dekabrdan ertalab soat 6:00 dan 15:00 ga qadar belgilandi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
16:36 / 29.05.2026