Jahon | 21:46 / 04.12.2023
6395
2 daqiqa o‘qiladi

Erkaklar, ayollarga qaraganda, grippdan ko‘proq aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi 

Tadqiqotga ko‘ra, erkaklar shamollash va grippni ayollarga qaraganda og‘irroq o‘tkazishi aniqlangan. 

Foto: Getty Images

Erkaklar, ayollarga qaraganda, grippdan ko‘proq aziyat chekadi, shuningdek, tomoq va bo‘g‘imlarda og‘riqni ko‘proq his qiladi. Bu haqda britaniyalik diyetolog Jyenna Houp ma’lum qildi. 

Shifokorning tushuntirishicha, erkaklar grippdan ko‘proq aziyat chekishi ularning tana xususiyatlari bilan izohladi. Uning aniqlik kiritishicha, erkak jinsiy gormoni testosteron immunitet tizimi faoliyatini pasaytiradi, shuning uchun shamollash va gripp alomatlari ayollarga nisbatan o‘tkirroq seziladi va uzoq davom etadi. 

«Erkaklar kasal bo‘lganida haqiqatan ham ayollarga qaraganda ko‘proq aziyat chekadi», dedi Houp. 

Nashrning qayd qilishicha, buni Harvard universiteti tadqiqoti ham tasdiqlagan. Unda olimlar erkaklarda immunitetni kuchaytiruvchi estrogen yetishmasligi tufayli kasallikdan ko‘proq aziyat chekishini aniqlagan. 

Shu bilan birga, diyetolog ayollar immunitet tizimini yanada chidamliroq deb aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xususiyat estrogen va progesteron gormonlari tomonidan ta’minlanadi, ayollarda ularning darajasi erkaklarnikiga qaraganda ancha yuqori. 

Houp immunitet tizimini mustahkamlash uchun grippga qarshi emlanish va kundalik rejimga amal qilishni maslahat berdi. Uning fikricha, 8 soatlik uyqu tanani viruslardan yaxshiroq himoya qilishga yordam beradi.

Mavzuga oid