O‘zbekiston | 20:57 / 04.12.2023
10423
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada mayning ferma davlatga 2,8 mlrd so‘m zarar keltirdi 

Uchko‘prik tumanidagi korxona egasi mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalangan. 

Foto: Energetika vazirligi

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazildi. 

Qayd qilinishicha, Uchko‘prik tumani, Bog‘ibo‘ston mahallasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona egasi o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgani aniqlandi. 

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, korxona tomonidan tizimga 2,8 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. 

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid