O‘zbekiston | 07:26 / 05.12.2023
40422
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi reydlar davomida yana 10 kishi ushlandi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “juda ko‘p miqdorda tovlamachilik”ka oid jinoyat ishi doirasida tergov-tezkor harakatlari davom etmoqda. Poytaxtda tahdid va kuch ishlatib, pul mablag‘larini qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi.

Jumladan:

1. 1983 y.t. Mirxojayev Mirsolix (165-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

2. 1995 y.t. Shomurodov Laziz (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

3. 1980 y.t. Samiyev Sherzod (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

4. 1991 y.t. Akramov Akramjon (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

5. 1996 y.t. Aliyev Azizjon (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

6. 1995 y.t. Bobonazarov Ravshan (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).

7. 1995 y.t. Mo‘minov Behruz (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

8. 1986 y.t. Yuldashev Anvar (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

9. 1988 y.t. Umrzoqov Dilshod (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

10. 1994 y.t. Usmanov Sirojiddin (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarga bezorilik va tovlamachilik ayblovlari qo‘yilgan hamda jinoyat ishi doirasida qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Shuningdek, mas’ullar ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lgan fuqarolarni Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishni so‘radi. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

So‘nggi vaqtda faollashib qolgani aytilayotgan jinoiy guruhlarga nisbatan reydlar bo‘lmoqda. Xususan, oxirgi bir necha kun ichida O‘zbekistonda jinoyat olamining o‘nlab vakillari qo‘lga olinib, ular ustidan tergov harakatlari boshlandi.

Mavzuga oid