O‘zbekiston | 18:59 / 06.12.2023
8832
6 daqiqa o‘qiladi

Milliondan ortiq foydalanuvchilar Beeline TVʼni tanladi

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan ommabop onlayn-kinoteatr ilovasining faol foydalanuvchilari soni 1 million nafardan, o‘rnatishlar soni esa 5 milliondan oshdi.

O‘zbekistonlik yosh va intiluvchan mutaxassislar jamoasi tomonidan rivojlantirilayotgan Beeline TV, "Ko‘ngilochar" kategoriyasida Google Playʼdagi bepul ilovalar orasida peshqadamlik qilmoqda va App Storeʼda ham xuddi shu toifada Netflix kabi gigantlarni ortda qoldirib, eng ommabop 5 ta bepul ilovalar qatoriga kiradi.

O‘zbek auditoriyasining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan Beeline TV millionlab tomoshabinlariga filmlar, seriallar, telekanallar, o‘quv va ko‘ngilochar kontentdan iborat keng mediatekadan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Barcha Beeline mijozlari uchun tarif rejasidan qat’i nazar, Beeline TV ilovasida trafik narxlanmaydi va tarif bo‘yicha limitlar sarflanmaydi, shuningdek, "SPORs UZ", "Yoshlar", "Mahalla", "Dunyo bo‘ylab", "BOLAJON TV", "Aqlvoy", "Navo" va boshqalarni pulli obuna bo‘lish zaruratisiz ham tomosha qilish mumkin. Bundan tashqari, raqamli operator abonentlari Beeline TV uchun to‘lovni bevosita o‘z hisobidan (balansidan) amalga oshirishlari mumkin.

Beeline TV xorijiy filmlar, seriallar va kanallardan tashqari, o‘z obunachilari e’tiboriga "O‘zbekkino"ning ulkan mediatekasini, HD formatdagi o‘zbek filmlarining "Oltin to‘plamlaridan": "Abdullajon yohud Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi", "Shum bola", “Maftuningman, "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Mahallada duv-duv gap" va boshqalar, shuningdek, Avaz Oxun, Bravo va Dizayn jamoalari konsert dasturlari va teatr tomoshalarini havola etadi. Bundan tashqari, dekabr oyi oxirigacha Beeline mijozlari hech qanday reklamasiz va trafik xarajatlarisiz Setanta Sporsʼga qo‘shimcha to‘lovlarsiz obuna bo‘lishlari va butun dunyo bo‘ylab eng yirik futbol ligalari va sport turnirlarining jonli translatsiyalaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Shuningdek, sport ishqibozlari uchun ilovaning ijtimoiy tarmoqlarida futbol yangiliklarining haftalik video dayjestlari berib boriladi va joriy yilning oxirigacha iPhone 14 Pro Max yutib olish imkoniyatini beruvchi tanlov ham o‘tkaziladi. Aksiyada ishtirok etish uchun havola orqali o‘tib, bo‘lajak o‘yinning taxminiy natijasini tanlash kerak bo‘ladi. Keyin Beeline TV xizmatida ro‘yxatdan o‘tib, istalgan videokontentni eng kamida 15 soniya tomosha qilish lozim. Bir nafar foydalanuvchidan faqat bitta javob qabul qilinadi, agar natijani to‘g‘ri taxmin qilganlar bir nechta bo‘lsa, g‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. Yutuqli o‘yin natijalari Instagramʼda jonli efirda namoyish etiladi.

Beeline TV auditoriyasining 76 foizi erkaklar va 24 foizi ayollardan iborat bo‘lib, ularning aksariyati 25 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlardir. Erkaklar orasida mashhur kanallar qatoriga SPORs UZ va Setanta Spors kirsa, ayollar orasidagi mashhur kanallar qatoriga esa MY5, Sevimli TV, Yoshlar va turk seriallari kiradi.

Shuningdek, Beeline TV bolalar uchun rus va o‘zbek tillarida ko‘ngilochar va rivojlantiruvchi multfilmlar va videolar, shuningdek, mulseriallar va bolalar filmlari kabi keng qamrovli kontentni taklif etadi.

"Ilovamizning muhim afzalliklaridan biri – bitta akkaunt orqali kontentni bir vaqtning o‘zida 5 ta qurilmada tomosha qilish imkoniyatidir, qolaversa, ota-ona nazorati va Beeline mijozlari uchun mobil tarmoqda internet-trafik cheksiz taqdim etilishi”, — deya ta’kidlaydi Beeline Uzbekistan raqamli ko‘ngilochar dasturlarini rivojlantirish xizmati rahbari Suxrob Sadikov.

Umumiy hisobda ilovada 100 dan ortiq kanallar, jumladan yangiliklar, ta’lim, ko‘ngilochar, sport, kino kanallari va teleseriallar taqdim etilgan. Bundan tashqari, obuna bo‘yicha 5 ta kinoteatr kontenti ochiq. Bular: START, PREMIER, Amediatika, Megogo va IVI kinoteatrlari.

"Raqamli xizmatlarni rivojlantirishda davom etamiz! Beeline TV dasturi ko‘plab mijozlarimiz hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va sizga yanada qiziqarli kontentlarni taklif etishga tayyormiz. Sevimli filmlar, seriallar va sport tadbirlarini zavq bilan tomosha qiling", – deya izoh berdi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Kontent mediatekasi, obunalar va narxlar haqidagi ma’lumotlarni Beeline TV veb-saytidan batafsil bilib olishingiz mumkin.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistanʼda 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid