8 dekabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin
«O‘zgidromet» 8 dekabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+5 daraja, kunduzi +6...+8 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -5...-10 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarga yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi, Navoiy viloyatining shimolida kechasi -2...-7 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘adi, faqat Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarga yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor). Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha ba’zi joylarga kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024