Bayden Kongressni yil oxirigacha Ukrainaga yordamni tasdiqlashga chaqirdi
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ortiqcha mablag‘lar hisobidan 175 million dollar qiymatidagi yangi harbiy yordam paketini ajratdi.
AQSh qonun chiqaruvchilari shu oyda Ukrainani moliyalashtirishni ma’qullashi kerak, aks holda ular Rossiyaga «juda katta sovg‘a» berishi mumkin. Bu haqda prezident Jozef Bayden ma’lum qildi.
«Bu kutib turmaydi», dedi Bayden. «Kongress ta’tilga chiqmasdan oldin Ukraina uchun qo‘shimcha moliyalashtirishni tasdiqlashi kerak — hammasi oddiy».
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ortiqcha mablag‘lar hisobidan 175 million dollar qiymatidagi yangi harbiy yordam paketini yuborayotgani ma’lum bo‘ldi.
Paket havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va o‘q-dorilar, shuningdek, muhim infratuzilmani himoya qilish uchun uskunalarni o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi Davlat departamenti.
«Agar Kongress milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha yordam ajratmasa, bu Ukrainaga beriladigan so‘nggi yordam paketlaridan biri bo‘ladi», dedi davlat kotibi Entoni Blinken.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «Ukrainaga Rossiya agressiyasidan himoya qilinishi va uning kelajagini ta’minlashda yordam berish AQSh milliy xavfsizlik manfaatlariga to‘g‘ri keladi va butun dunyo bo‘ylab global barqarorlikka yordam beradi. Kongress zudlik bilan harakat qilishi kerak».
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024